Multiprogrammalash
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Multiprogrammalash (multi... va programma) — turli masalalarga taalluqli bir necha dastur (programma) ni raqamli hisoblash mashinasi (RHM) da bir vaqtda bajarish usuli. Koʻp dasturli rejimda RHM xotirasida bir yoʻla bir necha masala dasturi boʻladi. Bir dastur tugashi bilan (yoki bir dasturni bajarish kechiksa) M. 2das-turga oʻtishga imkon beradi. Agar RHM bir vaqtda bir necha abonentning dasturi bilan band boʻlsa, u koʻp dasturli rejimda, bir abonentning dasturi bilan band bulsa, bir dasturli rejimda ishlayotgan hisoblanadi. M.dan asosiy maksad — RHM qurilmalarining boʻsh turib qolishiga yoʻl qoʻymaslik, ish unumdorligini oshirish. Boshkaruvchi dastur (monitor) bir dastur tugashi bilan 2dasturning bajarilishini taʼminlaydi. M. apparat va dastur vositalari bilan amalga oshiriladi. Apparat vositalariga xotira muhofazasi va toʻxtatishlarni tashkil qilish kiradi. Dastur vositalari dispetcherdasturlar va programmalash tillaridan iborat.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |