Mumshod Dinavariy (vaf. 912) – “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Iroqi Ajamning Dinavar qishlogʻi (hozirgi Eronning Kirmonshoh viloyati)da tugʻilgan. Iroqdagi futuvvat tariqatining namoyandasi. Yahyo Jallo, Junayd Bagʻdodiy, Ruvaym, Abulhasan Nuriy suhbatidan bahramand boʻlgan. Ansoriy Mumshod Dinavariyning huzur maqomidagi soʻzlarini sharhlagan. Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan shayx haqidagi bobni aynan kiritgan[1][2][3].

Manbalar

tahrir
  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat. 
  2. Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat. 
  3. Abdurahmon Jomiy. Nafahot ul-uns.