Mungli koʻzlar
„Mungli koʻzlar“ — oʻzbek yozuvchisi Xudoyberdi Toʻxtaboyev qalamiga mansub roman. Ilk bor 1988-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan.[1] 1991-yil „Kamalak“ nashriyotida qayta nashr etilgan.[2] Romanda mol-dunyoga berilgan ota-ona va ularning farzandlarining fojiali qismati haqida soʻz yuritiladi.
Muallif(lar) | Xudoyberdi Toʻxtaboyev |
---|---|
Til | oʻzbekcha |
Janr(lar)i | roman |
Nashriyot |
„Yosh gvardiya“ (1-nashr) „Kamalak“ (2-nashr) |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi |
1988 (1-nashr) 1991 (2-nashr) |
Sahifalar soni |
285 (1-nashr) 288 (2-nashr) |
ISBN |
ISBN 5-683-00140-0 (1-nashr) ISBN 5-633-00695-X(2-nashr) |
Syujeti
tahrirRomanda oʻziga toʻq oila haqida hikoya qilinadi. Oila birdan muammolar ichida qoladi: ota pora bilan qoʻlga tushadi, noqonuniy savdo bilan shugʻullanuvchi tillafurush onaning jinoyatlari fosh boʻla boshlaydi. Natijada Zafar va uning nogiron akasi Akbar otadan, onadan, oilaviy doʻstlardan, molu-dunyolaridan, huzur-halovatlaridan ayrilishadi. Bu bolalarga qattiq zarba boʻladi. Natijada Akbar oʻzini yoqib yuboradi.
Asad Karimov-Zafar va aka ukalarining dadasi.kasbi bazada bosh omborchi
tahrir- Zafar – boy oila farzandi
- Akbar – Zafarning nogiron akasi
- Nigora – Zafar va Akbarning singlisi
- Ataullo Isayevich – Zafarning ustozi
- Yoqutxon Karimova - Zafarning , aka-ukalaring oyisi. Kasbi hojatbarorlik , lekin Akbar o'g'li o'z oyisini chayqovchi deb ta'riflaydi
Nashrlar
tahrirAsarning birinchi nashri 1988-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan. 1991-yil „Kamalak“ nashriyotida qayta nashr etilgan. Ikkinchi nashr oxirida Abdugʻafur Rasulovning roman haqidagi maqolasi keltirilgan. Ikkinchi nashrni tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: S. Saydaliyeva – muharrir, V. Valiyev – rassom, H. Rahmatullayev – rasmlar muharriri, J. Nadirova – texnik muharrir, M. Nabiyeva, Sh.Valiyeva – musahhihlar. Kitob adadi – 60 000 nusxa.
Manbalar
tahrir- ↑ „Mungli koʻzlar“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2016-yil 16-sentyabr.
- ↑ „Mungli koʻzlar“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2016-yil 16-sentyabr.
Havolalar
tahrir- Badiiy asarda ijtimoiy muhit va bola ruhiyati, Ruxsora Toʻliboyeva, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi