Muniba Mazari
Muniba Mazari Baloch (Urdu: منیبہ مزاری;) - Pokistonlik faol, qoʻshiqchi, model (Pokistonning temir xonimi nomi bilan mashhur). 1987-yil 3-martda tugʻilgan. U BBC tomonidan 2015-yilda 100 ta eng faol ayollar roʻyxatiga kiritilganidan soʻng, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Gender tengligi va Ayollar huquqlarini kengaytirish boʻyicha tashkilotining Pokiston milliy elchisi boʻldi. Shuningdek, nogironlar aravachasidan foydalanadigan Pokistonning birinchi modeli. U 21 yoshida avtohalokatdan olgan jarohatlari tufayli nogironlar aravachasidan foydalanadi. U Hum News telekanalining Main Nahi Hum ijtimoiy shousida ishtirok etgan.
Muniba Mazari | |
---|---|
urdu: منیبہ مزاری | |
Tavalludi |
1987-yil 3-mart Pokiston |
Bolalari | 1 (asrab olingan) |
Veb-sayt | www.munibamazari.com |
Shaxsiy hayoti
tahrirMuniba Mazari Baloch baluj millatiga mansub. U 1987-yil 3-martda Panjob janubidagi Rahim Yar Xanda tugʻilgan. Muniba Army davlat maktabiga bordi. Keyinchalik oʻzining shaharidagi kollejda oʻqidi.18 yoshida oʻqishni tugatmasdan turmushga chiqdi. 2008-yilda u avtohalokatga uchradi va natijada shol boʻlib qoldi. 2008-yil 27-fevralda Muniba va uning eri Quettadan Rahim Yar Xanga ketayotgan paytida ularning mashinasi halokatga uchragan. U bir nechta jiddiy jarohatlar olgan, shu jumladan qoʻlidagi suyaklar, qovurgʻa, yelka suyagi, boʻyin va umurtqa suyagi singan. Uning oʻpkasi va jigari ham chuqur ezilgan. Bundan tashqari, uning butun pastki tanasi falaj boʻlib qolgan. Uni yaqin atrofdagi kasalxonaga olib borishgan. Keyin u Rahim Yar Xandagi kasalxonaga koʻchirilgan va oxir-oqibat Karachidagi Ogʻa Xon tibbiyot akademiyasiga yotqizilgan. Operatsiyadan keyin u ikki yil davomida yotoqda yotib qoldi. Fizioterapiya boshlandi, bu unga nogironlar aravachasidan foydalanish uchun yetarlicha koʻnikmalar berdi[1][2][3]. Muniba davolangandan soʻng Rawalpindi shahriga koʻchib oʻtdi. 2011-yil, halokatdan toʻrt yil oʻtib, Muniba oʻgʻli Naelni asrab oldi[4][5].
Kasbiy faoliyati
tahrirMuniba Mazari rassom, faol, model, qoʻshiqchi va spikr sifatida koʻplab sohalarda shuhrat qozongan. Biroq, faoliyatining aksari rasm va motivatsion nutqqa qaratilgan. Rassomlik payti ish topib, Areeb Azharning Facebook sahifasini yuritda va buning evaziga oylik maosh ola boshladi. Shuningdek, oʻgʻlining maktabida turli maktablarda dars berish bilan bogʻliq boʻlgan Dheeray Bolodeb nomlangan startap loyihasi uchun ish boshladi. 2014-yil sentabr oyida Clown Town kompaniyasida bolalar va qariyalar bilan ishlash imkonini bergan. Bundan tashqari, Pond tomonidan Moʻjizaviy ayol sifatda tanlangan. Shuningdek, u Toni va Guy xalqaro sartaroshlik saloni tomonidan Osiyoda nogironlar aravachasida yuradigan birinchi model boʻlish uchun tanlangan. Ularning birinchi ishi Moda ayollari deb nomlangan.
Mukofotlar
tahrir- 2015-yilning 100 ta eng faol ayoli (BBC)[6].
- Dunyoning 500 ta kuchli musulmonlar[7].
- BMTning BMT Ayollar elchisi.
- Karic Brothers 2017 mukofoti.
Karic Brothers mukofoti
tahrirMuniba Mazari Serbiyaning Belgrad shahrida insonparvarlik xizmatlari nominatsiyasida Karic Brothers mukofotini qoʻlga kiritdi[8].
Manbalar
tahrir- ↑ Tarar, Mehr (2018). Do We Not Bleed? : Reflections of a 21st-century Pakistani. India: Aleph Book Companies. pp. 119, 121, 122, 123, 125, 126, 128, 129, 130. ISBN 978-93-86021-87-8
- ↑ Altaf, Arsalan (6 December 2017). „Muniba Mazari’s ex-husband sues her for defamation“. The Express Tribune.
- ↑ Altaf, Arsalan (22 May 2018). „Muniba Mazari’s ex-husband sues her for defamation“. The Express Tribune
- ↑ Maloomaat (21 December 2015). „Muniba Mazari, a Story of Strength and Motivation“. Maloomaat. Retrieved 22 October 2019
- ↑ Youtube – Donʼt die before your death
- ↑ "Two Pakistanis on BBC's 2015 100 Women list". dawn.com. 2 December 2015. Retrieved 13 June 2020
- ↑ Rehman, Fatima (12 June 2020). „PM Imran, Maulana Tariq Jamil, Malala, Muniba among world’s most influential Muslims“. The Express Tribune
- ↑ "Muniba Mazari receives international award for humanitarian efforts". Retrieved 24 November 201