Munkachi
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Munkachi (Mynkacsy), asli Lib (Lieb) Mixay (1844.20.2, Ukrainaninghoz. Munkachevo shahri — 1900.1.5, Germaniyaning Bonn shahri yaqinida) — ven-ger rassomi, 19-asr venger tasviriy sanʼatida realizm asoschilaridan. E. Samoshi (1862—6E), Vena va Myunxen Badiiyot akadimyasi (1865—68), Dyusseldorfda L. Knaus (1868—69)da tahsil koʻrgan. Dyusseldorf va barbizon maktablari rassomlari hamda G. Kurbedan ilhomlangan. Dastlabki asarlari romantik oxanglarga boy ("Dashtda momaqaldiroq", 1867 va boshqalar). 1870-yillarda inqilobiy demokratik gʻoyalar taʼsirida ijtimoiy tanqidiy ruxdagi oʻtkir psixologik ishonchliligi va yorqin xalq vakillari bilan ajralib turgan asarlar yaratdi. "Oʻlimga hukm qilinganlar kamerasi" asari rassomga olamshumul shuhrat keltirdi. Koʻp shaklli lavhalar ustida ishlagan M. asarlarida dramatik qudrat va kompozitsiya yaxlitligiga erishdi. 1870-yillardan oʻtkir ifodali manzara va portretlar ("Laslo Paal", taxminan 1876—77 va boshqalar) bilan bir qatorda salon va akademizm xususiyatlariga ega boʻlgan asarlar ("Mana odam", 1896 va boshqalar) ham ishladi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |