Munozara:

1) bahs, fikrlar tortishuvi;

2) mumtoz adabiyotda keng tarqalgan janr. Fikrlar kurashi shaklida yozilgan badiiy asar. Munozarada turli narsa, hodisa, tushuncha, holat va boshqalar konfliktga kirishadi. Obrazlar koʻpincha ramziy mohiyat kasb etib, munozara qiladilar. Baʼzan Munozara da maqtov (pane-gerik) qism ham boʻladi. Unda mazkur asarni yozishga turtki bergan odam maqtaladi. Ammo bu hamma asarlarda ham boʻlavermaydi. Munozaraning qissadan qissa chiqarish yoki muallifning muayyan masala haqidagi xulosasi bilan tugallangan shakllari ham boʻladi. Asadi Tusiyning (11-asr) "Kecha va kunduz munozarasi", "Nayza va yoy munozarasi", Ami-/shyning "Bang va Chogʻir orasidagi munozara" (15-asr), YaqiniRtnnt "Oʻq va yoy orasidagi munozara" (15-asr). Fuzuliyning "Bangu boda", "Sihat va maraz" asarlari Munozaraning namunalaridir. Hozirgi zamon oʻzbek sheʼriyatida ham bu janrda asarlar yaratilgan (Sulton Joʻra, "Tinish belgilar majlisi").[1]

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil





Lua error in Module:Asbox at line 244: attempt to call field '_navbar' (a nil value).