Munozara:Adam Smith

Eng oxirgi fikr: 1 yil oldin (94.141.69.221 tomonidan „Adam Smith“ mavzusida)


Adam Smith tahrir

Adam Smith (talaffuzi:Adam Smit; choʻqintirilgan va tahminlarga koʻra eski yil bo'yicha 1723-yilning 5-iyunida tugʻilgan, yangi yil bo'yicha esa 16-iyunda , 1790-yilning 17-iyulida, Kirkaldida vafot etgan) – shotlandiyalik iqtisodchi, faylasufetik; zamonaviy iqtisodiy nazariyaning asoschilaridan biri hisoblanadi.

SMIT (Smith) Adam (1723.5.6, Kerkoldi, Shotlandiya — 1790.17.7, Edinburg) — shotlandiyalik ingliz iqtisodchisi, klassik siyosiy iqtisod maktabining taniqli vakili. Glazgo va Oksford universitetlarida oʻqigan. Glazgo untida professor (1751—1763). 1778-yilda Edinburgda bojxona komissari, 1787-yilda Glazgo universiteti rektori. Uning1759-yilda bosilib chiqqan "Axloqiy hissiyotlar nazariyasi" kitobi axloq, xulq qoidalariga bagʻishlangan. 1776-yilda eng asosiy iqtisodiy asari "Xalqlar boyligining tabiati va sabablari toʻgʻrisida tadqiqot"ni nashr etdi.Ushu bu Asar 5- kitobdan iborat. Asarda oʻsha davrdagi mavjud boʻlgan jami iqtisodiy qarashlar yagona tartibga keltirildi, siyosiy iqtisod fani iqtisodiy bilimlar tizimiga aylandi. Smit fikricha, har bir odam xoʻjalik faoliyatida dastlab oʻz shaxsiy manfaad (foyda, ish haqi, renta)ga ega boʻlib, ular oʻrtasida hech qanday qaramaqarshilik yoʻq deb izoxlanadi. Smit qiymatning mehnat nazariyasini yanada rivojlantirib jamiyat (xalq) boyligi i.ch. jarayonidagina mehnat tufayli paydo boʻladi, iqtisodiy rivojlanish (progress)ning muhim omili mehnat taqsimotidir, degan xulosaga keladi.tini koʻzda tutadi, ammo bu holatda ham koʻp holatlardagi kabi, "koʻrinmas qoʻl" uni boshqa maqsad sari yoʻnaltiradi. "Koʻrinmas qoʻl" — bu obyektiv iqtisodiy qonunlarning stixiyali harakati. Smit foyda (manfaat) ketidan quvish va raqobatni butun jamiyatga naf keltiruvchi faoliyat deb qaraydi. Smit qarashlarida kapitalist ham jamiyat tabiiy tuzumiga; jamiyat 3 sinfga: kapitalist, ishchi va yer egalariga ajratiladi. Har bir sinf i.ch. omillari (kapital, mehnat, yer) va daroma

Smit nuqtai nazariga koʻra, xalqlarning boyligi jamiyatda unumli mehnat bilan band boʻlgan aholi hissasi va mehnat unumdorligi darajasi bilan belgilanadi. Smit daromad va ish haqi masalalarini chuqur tadqiq etadi. Har bir sinf oʻzining asosiy daromadini: ishchilar ish haqi, kapitalistlar foyda, yer egalari esa renta oladilar. Smit ish haqi tirikchilik minimumidan ancha ortiq boʻlishi, bolalar hayoti va tarbiyasiga oid harajatlar ham hisobga olinishi, ish haqi milliy boylik oʻsishiga bevosita bog'liq boʻlishi kerak degan fikrni olgʻa suradi. U fanga asosiy (S) va aylanma kapital (V) tushunchalarini kiritgan. Smit iqtisodiyotda davlatning oʻrni masalasiga katta eʼtibor beradi. U xalqaro erkin tashqi savdo eksport va import harajatlari afzalligi tufayli amalga oshadi deb hisoblagan ("mutlaq afzallik tamoyili").

SMITning taʼlimoti keyingi iqtisodiy tafakkur rivojiga katta taʼsir koʻrsatdi (asosiy asari olim hayotligi davrida 5 marta qayta nashr etilgan 94.141.69.221 11:05, 29-Aprel 2023 (UTC)Javob berish

„Adam Smith“ sahifasiga qaytish.