Munozara:Afruza Hamdamova
Eng oxirgi fikr: 1 oy oldin (Anjaniy tomonidan „Afruza yoki Afroʻza“ mavzusida)
Afruza yoki Afroʻza
tahrirAssalomu alaykum. Maqolani nomi Afruza deyilgan boʻlsa-da, maqolada Afroʻza shakli ham uchragan. Lekin keltirilgan manbalarning hech birida shaxmatchining ismi bu shaklda keltirilmagan. Hayotda ham ismning bu shakliga uchramaganman, adashib yozilgan boʻlsa kerak. Shu sababli maqoladagi barcha Afroʻza soʻzini Afruzaga oʻzgartirish kerak. ANJANIY#gurung 03:44, 2024-yil 9-noyabr (UTC)
- Salom. Toʻgʻri koʻplab manbalarda Afruza shaklida kelgan ekan. Ibrohimjon 03:52, 2024-yil 9-noyabr (UTC)
- Assalomu alaykum. Ommaviy axborot vositalarida har ikki holatda ham kelgan boʻlsa-da, Afruza shakli koʻproq uchragan. Sportchining Instragram ijtimoiy tarmogʻiga joylagan vazirlik tomonidan berilgan Oʻzbekiston chempionatining I darajali diplomida ismi Afruza (26.03.2021) holida va shaxmat boʻyicha sport ustasi guvohnomasida esa ismi Afroʻza holida kelgan (30.12.2020).
- Qoʻshimcha qilgan holda, familiyani Hamdamovadan Xamdamovaga oʻzgartirishni ham taklif qilgan boʻlardim. Yuqoridagi Instagram postlaridagi Oʻzbekiston respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan 2020—2021-yillarda berilgan ikki hujjatda ham familiya Xamdamova shaklida yozilgan. FIDE saytida sportchining ism-familiyasi ingliz tilida Afruza Khamdamova shaklida berilgan. Saidakbar Baxtiboyev(munozara) 05:04, 2024-yil 9-noyabr (UTC)
- Mana bu hujjatda ismlar kishining pasportida qanday yozilgan boʻlsa, shunday keltiriladi. Humoyun Qodirov (munozara) 08:35, 2024-yil 9-noyabr (UTC)
- Tamom. Afruzaga oʻzgartirib chiqaman. Qarshi foydalanuvchilar yoʻq, qarshi dalillardan ismning Afruza shaklini qoʻllaydigan dalillar koʻproq va ustunroq. Munozarada ishtirok etgan barchaga rahmat. ANJANIY#gurung 14:20, 2024-yil 9-noyabr (UTC)