Munozara:Asotir vikipedia
ASOTIR (arabcha ustura-afsona)
- ibtidoiy davr kishisining borliq toʻgʻrisidagi xayoliy tasavvurlari majmuasi;
- mifologik afsona, rivoyatlarni oʻrganuvchi fan sohasi.
Asotir barcha xalqlarning ibtidoiy davrdagi asosiy dunyoqarash shakli boʻlib, u oʻsha davr kishisining olamni, oʻzini qurshab olgan tashqi dunyoni maʼnaviy jihatdan oʻzlashtirishga boʻlgan layoqati, oʻziga xos intilishidan darak beradi. Asotir tabiat kuchlariga ruhiy tus berish, ularni jonlantirish, aniq hissiy obrazlarga kiritish, ti- rik mavjudotlar (inson, hayvonlar) obrazi, shakl-shamoyilida tasavvur etish b-n ham ifodalanadi. Asotirda bir xil narsa-hodisalarning xususiyatlari boshqa xil narsa-hodisalarga bemalol oʻtkazilar ekan, bu xayol parvoziga juda keng maydon yaratib beradiki, unda xayol surayotgan odam, istagan narsasini tasavvur etishi mumkin. Sekin-asta Asotirning inson xayoli va xulq-atvorida hukmronligi poyonga yetishiga zamin paydo boʻladi. Bu, avvalo, inson dunyoqarashining oʻsishi, tabiat sirlarining anglanishi va ilm-fan yutuqlari b-n bogʻliq.
Asotirning shakllari
tahrirAsotirning tarixiy shakllari fetishizm, totemizm va animizmdir. Asotirning asosiy shakllari: etimologik — tabiat va borlikning alohida jism-hodisalari paydo boʻlishiga doir; kosmogonik -olamning paydo boʻlishiga doir; etnogonik — avlodlar va ularga daxldor tabiiy-biologik jarayonlar toʻgʻrisidagi antropologik odamlarning paydo boʻlishiga doir; esxatologik ularning kelajagi toʻgʻrisidagi qarashlardan iborat.
Asotir abstraksiyasi
tahrirMavhum tafakkurning keyingi rivojlanishi natijasida asotir abstraksiyasi vujudga keladiki, uning mahsuli yagona xudolar toʻgʻrisidagi tasavvurlar hisoblanadi. Markaziy Osiyo xalqlarining qadimgi ajdodlari afsonalarida yer-u osmonning yagona hukmdori sifatida Axuramazda obrazi shakllangan.
Asotirning mashxur eposlarda gavdalanishi
tahrirAsotirning muhim qonunlaridan biri shundaki, uning obraz va qahramonlari eposlarda aks eta boshlaydi va epik umumlashmaga xos yangi xususiyatlar kasb etadi (masasalan, Gomerning „Iliada“ va „Odisseya“si, Firdavsiyning „SHohnoma“si, xalq ijodidan „Goʻroʻgʻli“, „Alpomish“ dostonlari va boshqalar). Asotir obrazlarisiz jahon adabiyoti, tarixi va sanʼatini tasavvur qilish qiyin (Dantenning "Ilohiy komediyasi, Gyotening „Faust“i, Uygʻonish davrining tasviriy sanʼati va h.k.). Dunyoqarash sifatida asotir ilhom va ifoda shakli sifatida oʻz ahamiyatini badiiy ijod va sanʼatda saqlab qolgan.
Adabiyotlar
tahrir- Falsafa qomusiy lug'at (2004-yil). Toshkent: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2004.