Munozara:Finlandiya
Mazkur sahifa Finlandiya maqolasini yaxshilash masalalari muhokama qilinadigan munozara sahifasidir. |
Sahifalar siyosatlari
|
Manbalar izla: Google (kitob · yangiliklar · akademik · erkin tasvirlar · WRS) · FENS · JSTOR · NYT · VP kutubxonasi |
Finlandiya(mi) yoki Finlyandiya?
tahrirkoʻplab internet saytlarida Finlyandiya nomi qoʻllanilgan. xususan, gazeta.uz, daryo.uz, qalampir.uz kabi. fikrimcha, Finlyandiyaga koʻchirgan maʼqulroq. Alpasli (munozara) 13:36, 5-Aprel 2024 (UTC)
Fikrlar
tahrirXuddi shu yangilik saytlarida Finlandiya deb yozilgan sahifalar ham koʻp. Shu sababdan qayta nomlash uchun boshqa argument kerak. Yangilik saytlaridan emas, masalan, mavzuga yaqin, geografiya, tarix, siyosat, iqtisodiyotga oid fanlarda lotin yozuvida yozilgan oʻzbekcha kitoblarni koʻrib chiqib biror bir xulosaga kelish mumkin. — Kagansky munozara 16:20, 15-Aprel 2024 (UTC)
- 2018-yilda nashr etilgan 10-sinf Jahon tarixi darsligining 3 oʻrnida Finlandiya shaklidan foydalanilgan. Asos sifatida keltirilgan saytlarda esa har ikki shakl baravar qoʻllangan. Ulardan qalampir.uz saytini nufuzli demagan boʻlardim. Laziz Baxtiyorov (munozara) 04:54, 16-Aprel 2024 (UTC)
- Assalomu alaykum lex.uzda mamlakat nomi Finlandiya deb qidirilganda 5 ta normativ hujjat topildi, Finlyandiya deb qidirilganda esa 49 ta normativ hujjat topilgan. Kagansky akaning fikriga qoʻshilgan holda, mamlakat nomlarini nomlashda yangilik saytlaridan emas, balki normativ hujjatlarga tayanish kerak. Humoyun Qodirov (munozara) 05:59, 16-Aprel 2024 (UTC)
- Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-yil) va Dunyoning siyosiy xaritasi (2020-yil)da ham Finlyandiya olingan. normativ hujjatlarga tayanish kerak esa, Lex.uz bunga yaxshi oʻrnak. zotan Finlyandiya shaklida ham berilgan unda. manbalarga asoslanadigan boʻlsak, har ikki shakliga notoʻgʻri deb boʻlmayapti. Alpasli (munozara) 16:16, 16-Aprel 2024 (UTC)
- Assalomu alaykum lex.uzda mamlakat nomi Finlandiya deb qidirilganda 5 ta normativ hujjat topildi, Finlyandiya deb qidirilganda esa 49 ta normativ hujjat topilgan. Kagansky akaning fikriga qoʻshilgan holda, mamlakat nomlarini nomlashda yangilik saytlaridan emas, balki normativ hujjatlarga tayanish kerak. Humoyun Qodirov (munozara) 05:59, 16-Aprel 2024 (UTC)
Rozilar
tahrir- Roziman --Hasan Xamidovich (munozara) 00:24, 9-Aprel 2024 (UTC)
Qarshilar
tahrir- Qarshiman. Mutaxassis fikriga koʻra Finlandiya versiyasi togʻri. Salazarov(gaplashuvuza?) 15:34, 15-Aprel 2024 (UTC)
- Qarshiman Finlandiya versiyasi asl talaffuzda ham xuddi shunday aytiladi. Mirishkorlik (munozara) 15:40, 15-Aprel 2024 (UTC)
- Qarshiman Finlyandiya versiyasi aytilishga ham noqulay, Finlandiya versiyasi esa koʻplab adabiyotlar, geografiya darsliklari, jumladan OʻzME da ham qoʻllanilgan. Uni qayta nomlashga ehtiyoj yoʻq nazarimda! PanPanChik #yozish 15:46, 15-Aprel 2024 (UTC)
- Qarshiman. kun.uz saytidagi 2023-24-yilgi maqolalarning barchasida Finlandiya shaklida yozilgan. JakhongirOdilov 🗨 16:04, 15-Aprel 2024 (UTC)