KUTTOB (oromiychadan olingan arabcha so‘z) — alifbo va Qur’on o‘qitiladigan boshlang‘ich maktab. Oʻrta asrlarda Kuttob so‘zi keng qo‘llanilgan. endilikda esa Arabiston, Misr va Tunis bilan cheklangan. Boshlangich („Qur’on o‘qitiluvchi“) maktab uchun boshqa nomlar (maktab, mekteb va boshqa) bo‘lgan va hozir ham bor. Unga joy sifatida biron-bir jamoat binosining xonasi yoxud hovlisidan foydalanishgan.


Adabiyotlar

tahrir

ISLOM ENSIKLOPEDIYASI © «O’zbekiston milliy entsiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, 2004

„Kuttob“ sahifasiga qaytish.