Munozara:Mirzohid Mirzarahimov
Mazkur sahifa Mirzohid Mirzarahimov maqolasini yaxshilash masalalari muhokama qilinadigan munozara sahifasidir. |
Sahifalar siyosatlari
|
Manbalar izla: Google (kitob · yangiliklar · akademik · erkin tasvirlar · WRS) · FENS · JSTOR · NYT · VP kutubxonasi |
Mirzohid Mirzarahimov maqolasi „WikiStipendiya marafoni“ tashabbusi doirasida yaratilgan. |
Mirzohid Mirzarahimov | |
---|---|
Tavalludi |
16-sentyabr, 1943-yil Narimon qishlog'i, Qorasuv tumani, Osh viloyati |
Vafoti | 3-sentyabr, 1997-yi |
Kasbi | yozuvchi va tarjimon |
Mirzohid Mirzarahimov — Yozuvchi va jurnalist, (16-sentyabr 1943-yil — 3-sentyabr 1997-yil) SSSR Jurnalistlar uyushmasi aʼzosi, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, Qirg‘iziston yozuvchilari va jurnalistlari uyushmalari aʼzosi.
Hayoti
tahrirMirzohid Mirzarahimov 1943 yilning 16 sentyabrida Oʻsh viloyati Qorasuv tumanidagi Narimon qishlog‘ida dehqon oilasida tavallud topgan. 1960-yilda maktabni tamomlab, Bishkekdan O‘shga ko‘chib kelgan „Qirg‘iziston haqiqati“ (hozirgi „O‘sh sadosi“) ro‘znomasining ilk sonlarini chiqishiga o‘z hissasini qo‘shgan. 1970-yili Toshkent Davlat Universitetining jurnalistika fakul’tetini tamomlagandan so‘ng shu dargoxda mas’ul kotib lavozimida faoliyat yurita boshlagan. SSSR jurnalistlar uyushmasi aʼzosi boʻlgan, „Shavkatli mehnati uchun“ medali va shuningdek ko‘plab "faxriy yorliqlar" bilan mukofotlangan. 1976 va 1985-yillari „yilning eng yaxshi jurnalisti“ jumhuriyat konkursida g‘olib chiqqan va nomi „Shuhrat kitobi“ga yozilgan.
Ijodi
tahrirMirzohid Mirzarahimovning ilk hikoyasi „Visol“ „Sharq yulduzi“ jurnalida 1965 yili chop etilgan. Shunday qilib birin-ketin hikoyalari yorug‘ ko‘ra boshlab, 1974 yili „Yosh gvardiya“ nashriyotida „Oydin tunlar“ nomli ilk kitobi dunyoga keldi. Minglagan kitobxonlar qalbidan joy olgan kitobdan so‘ng taniqli yozuvchi O‘tkir Hoshimovdan ham xat keldi. Turli xil to‘plam, al’manaxlarda hikoya va qissalari o‘rin oldi. Qirg‘iz adabiyoti adabiyotidan ham tarjimalar qilib, tarjimachilik sohasida ham oldinladi. Shuningdek asarlari qirg‘iz tilidan ham yangray boshladi. 1981 yili Bobur nomidagi Oʻsh davlat akademik oʻzbek musiqali drama teatrida „Kichkina demang bizni…“ dramatik asari sahnalashtirildi. Buyuk mutafakkir bobomiz hazrat Alisher Navoiyning 550 yilligi va shunga o‘xshash ko‘plab tadbirlarga jonbozlik ko‘rsatib, bosh-qosh bo‘ldi. 1971-1991-yillar oralig‘ida Qirg‘iziston janubidagi yosh ijodkorlarni birlashtirgan „Ilhom“ adabiy to‘garagiga rahbarlik qildi. 1991 yil tashkil qilingan O‘sh viloyati „o‘zbek milliy madaniy markaz“iga birinchi rais bo‘lib saylandi. Mirzohid Mirzarahimov 1997-yil 3-sentyabrda 54 yoshda vafot etdi. O‘shdagi „Ortishlik“ qabristoniga dafn etilgan. Yozuvchining vafotidan keyin „Tongi shabada“ hamda „Sog‘inch“ nomli kitoblari chop etilgan.
Nashr etilgan asarlari
tahrir- Mirzohid Mirzarahimov. „Oydin tunlar“ — „Yosh gvardiya“ nashriyoti 1974 y.
- Mirzohid Mirzarahimov. „Nurli zanjir“ (1983 y).
- Mirzohid Mirzarahimov. „Tumandagi odamlar“, „Nurafshon olam“ (1985 y).
- Mirzohid Mirzarahimov. „Tongi shabada“, „Sog‘inch“.
- ↑ Dadajonov, Odiljon. Moziyga qaytib.... Osh shahri: "Axborot" MCHJ, 2021 — 158-159-bet. ISBN 978-9967-9258-6-1.