OʻzMEdan

tahrir

Nogʻora (arab, naqqora — zarb beruvchi) — urma musiqa cholgʻu asbobi. Tuzilishi turlicha; tuvaksimon kosaxonasi, asosan, sopoldan yasaladi. Kiyik yoki echki (ayrim joylarda boshqa hayvonlar) terisi bilan krplanadi. Qadimdan harbiy, jarchi hamda ommaviy marosim cholgu asbobi sifatida Sharq mamlakatlarida maʼlum boʻlgan. Hozirda oʻzbek, tojik, uygʻur, arman va boshqa xalq sozandalari tomonidan qoʻllaniladi.

Oʻzbekistonda uning doʻl N. (yoʻgʻon tovushli katta N., teri qoplanadigan qismining diametri 60 sm), rez N. (ingichka tovushli kichik N., diametri 20—30 sm), koʻs N. (tovushi rez N.dan yoʻgʻonroq, diametri 30—40 sm) turlari keng tarqalgan. Rez va koʻs N. ikkita choʻp bilan, doʻl N. nisbatan yoʻgʻon-roq bitta choʻp bilan chalinadi. Xalq musiqa ijrochiligida koʻs va rez N.dan iborat qoʻsh N. qoʻllaniladi. Qoʻsh N. to-vushlari birbiridan taxminan kvarta institutervalida farq qiladi. Bu esa turli shakldagi bezaklarga boy usullarni ijro etish imkoniyatini yaratadi. N.ning chindovul (mis yoki b. metalldan yasalgan hajmi katta N.), tablak (kich-kina N.) turlari ham boʻlib, ular kam tarqalgan. Qoʻsh N. surnay va karnaylar bilan qoʻshilib anʼanaviy milliy an-samblni tashkil etadi. Bunday ansambllar ochiq joylarda oʻtkaziladigan tomoshalar, tantanalar, toʻy marosimlari jarchisi boʻlib, "Shodiyona", "Katta oʻyin", uygʻurlarda hayit kechalarida chalinadigan "Nogʻora muqom" kabi chol-gʻu yoʻllarini ijro etib kelmoqda.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
„Nogʻora“ sahifasiga qaytish.