Munozara:Oʻtkir Hoshimov

(Munozara:O'tkir Hoshimovdan yoʻnaltirildi)
Eng oxirgi fikr: 3 oy oldin (84.54.71.69 tomonidan „Iltijo“ mavzusida)


Òtkir qalam ustasi Oʻtkir Hoshimov tahrir

Oʻtkir Hoshimov Oʻzbekiston xalq yozuvchisi va jamiyat arbobidir. Adabiyotimiz taraqqiyotiga oʻzining munosib hissasini qoʻshgan, yaʼni 40 yillik faoliyati davomida koʻplab maqola, hikoya, qissa va romanlari bilan kitobxonlar mexrini qozongan yozuvchilardan biri. Yozuvchi adabiyotga birinchi qadamlarini qoʻygan vaqtidayoq Abdulla Qahhor kabi soʻz sanʼati vakilining eʼtiborini qozongan. Shuningdek, shu davrning taniqli yozuvchi, shoirlari jumladan Oybek, Maqsud Shayxzoda Gʻafur Gʻulom singarilarning nazariga tushish yosh ijodkorni ruhlantirgan, sababi bunday mavqe hammaga ham nasib qilavermagan. Adabiyot uzun bir yoʻl kabi, bu yoʻlda turli xil qiyinchiliklar, tushunmovchiliklar, ziddiyatlar, qarama-qarshiliklarga uchraydi inson. Ammo bular vaqtinchalik,, xuddi hayot yoʻllatidagi mashaqqatlar kabi. Shunday insonlar bor, ayni shu vaziyatlarga duch kelganda bardoshlari yetmaydi, toʻxtashadi va ortqa qaytishni tanlaydilar. Lekin bu uzun manzilda katta jasorat, kuch, sabr-bardosh ila, qoqilmay, ravon davom etsagina, koʻzlangan marraga viqor bilan, oʻziga boʻlgan ishonch bilan erishishi mumkin. Va mana shu kabilar xalq eʼtirofini qozonishadi. Adib shundaylardan biri edi.

Hayoti tahrir

Oʻtkir Hoshimov 1941-yil 5-avgustda Toshkentning Doʻmbirobod deb nomlanmish qishlogʻida tavallud topgan. Koʻrinib turibdiki, bolaligi urush yillariga, zahmatlari-yu, qiyinchiklariga toʻgʻri kelgan . Bu haqida kitobxonning ham bir oʻgʻizgina jumlasi bor, "Oyim bir gapni koʻp aytardi: „Sen tugʻilganingda qiyomat qoyim boʻlgan edi. Oʻris xotinlar urush boshlanibdi, deb yigʻlagan men-ammamning buzogʻi hayron boʻlgandim. Urush allaqayoqda boʻlayotibdi-yu, bular nega dod soladi, degandim. Keyin aqlim yetdi“ deb taʼkidlagan. Oʻrta taʼlimni aʼo baholar bilan tugatgan soʻng, oʻqishni Toshkent davlat universitetining jurnalistika yoʻnalishida davom ettirdi. Tinim bilmas, izlanuvchan yozuvchi 1959-2004 yillar oraligʻida turli xil nashriyotlarda, matbuot va axborot boʻlimlarida muharirr sifatida faoliyat yuritdi.

Ish faoliyati davomida adabiyot sohasida ham tinimsiz izlanib, ijod qilib bordi. Yozuvchi oʻz ijod yoʻlini dastlab sheʼr, qissa va ocherklar yozishdan boshladi va 1962-yilda uning birinchi „Poʻlat chavandoz“ deb atalgan ocherklar toʻplami va 1964-yilda „Choʻl havosi“ nomli qissasi chop etildi. Bu ikki asar kitobxonlar tomonidan iliq qarshi olindi. Har bir asarini tugatib, keyingisiga qoʻl urar ekan avvalgi ishlaridan katta tajriba oldi, yaʼni asardan asarga oʻsib bordi. U qahramonlarini tuygʻularini, ich kechinmalarini his qilibgina qolmasdan, muxlislarini bunga majbur qiladigan yetuk asarlar muallifidir. Ayniqsa „ Ikki eshik orasi“, „Nur borki, soya bor“, „ Tushda kechgan umrlar“ asarlari bilan katta oʻzbek romanchiligini bir pogʻonaga olib chiqdi. Oʻtkir Xoshimov xalq dardini bilgan, asarlarida bunday holatlarni toʻla toʻkis yoritib borgan ijodkorlar safiga kiradi. Misol sifatida „Ikki eshik orasi“ asrini olishimiz mumkin. Bunda Urush davri hayotini, insonlarning qiyinchilik bilan kun koʻrganliklari yoritilgan. Shu bilan bir qatorda Qora amma obrazida urushga ketib, daraksiz yoʻqolgan oʻgʻlini yoʻqotgan ona timsolini, otasini va sevgilisini yoʻqotgan qahramon Robiya, yurti uchun, oilasi uchun frontda ayovsiz dushmanga qarshi jang qilgan lekin baxtsiz hodisa tufayli oyogʻidan lat yeb, vataniga qaytganida ayoli hiyonatiga uchragan askar yaʼni Shomurod, doimo odil, xalq dardini tushungan, ikki oʻgʻli qahramonlarcha urushda jon bersada, buni ichiga yutib lekin doimo qaddi baland obraz Oqsoqol va bundan tashqari koʻplab qahramonlar hayoti tasvirlangan va bunday taqdirlarning ozginagina qismi shu davrning har bir insonlari boshidan oʻtgan. Yozuvchi doimo dolzarb muammolarni kitoblaridagi vaziyatlar, qahramonlar orqali yoritib borgan. Shuni ham aytish oʻtish kerakki, adibimizning asarlarining hayotga, insonlar dardiga yaqinligi sababi ham, qishloq sharoitini koʻrgani, bolaligi shu jamiyat orasida yashaganidir. Yozuvchining yana bir asari borki, oʻqigan kitobxon taʼsirlanmay qolmagan, davralarda muhokama qilinmay qolmagan, sahnalarda maʼlum bir bir parchalari boʻlsa ham ijro etilmay qolmagan, oʻsha barchani birday maftun etgan, qoʻldan qoʻlga oʻtib, talash boʻlib oʻqilgan, Ona timsolini eng goʻzal soʻzlar ila, taʼriflar ila boyitgan asar — „Dunyoning ishlari“. Har bir hikoyalari chuqur oʻyga toldiradigan, yigʻlatadigan, onaga boʻlgan mexrni kuchli his ettiradigan asardir. Ayniqsa, „Alla“, „Oq marmar, qora marmar“, „Gilam paypoq“ hikoyalarida farzandning onasi haqidagi armonlari juda oʻkir tasvirlangan. Zero, asardagi mexribon, soddadil, gina-kuduratni bilmaydigan, yaxshiga ham yomonga ham doimo yaxshilikni ravo koʻradigan ona adibning volidasi haqidaligi barchamizga maʼlum.

xulosa tahrir

Oʻtkir Hoshimov bu sanʼatga kirib kelganidan boshlab hamisha bir orzu bilan yashagan. Kitobxon uning asarlarini oʻqishni boshlar ekan, hamma muammolarini, orliqni unutsa, asar qahramonlari bilan birga yashasa. Kitobni tugatar ekan, tunlarini bedor oʻtkazsa, fikrlasa, yuragining tub tubidan his qilib, toʻlgʻonib chiqsa. Vaqtlar oʻtib asar yana qoʻliga tushganda yana hayajonlanib, shu kechinmalarni yana qaytadan boshdan oʻtkazsa shu mening orzum deb taʼkidlagan. Koʻrinib turibdiki, adibning orzusi hayotligidayoq amalga oshgan.

Iltijo tahrir

Iltijo


84.54.71.69 05:23, 30-Yanvar 2024 (UTC)Javob berish

„Oʻtkir Hoshimov“ sahifasiga qaytish.