Ensiklopediya sizga reklama emas!

tahrir

Assalomu alaykum, maqola yaratuvchisi! Ushbu maqolangiz zudlik bilan oʻchiriladi. Sababi siz ensiklopediya qoidalariga zid boʻlgan holda maqolani yaqqol reklama sifatida yaratgansiz. Iltimos, qoidalarni oʻqib chiqib maqolangizni ensiklopedik variyantga keltiring, aks holda maqolani qayta yaratishingiz (yoki umumuman yaratish imkoniyatisiz) kerak. 213.230.80.210 10:17, 28-May 2022 (UTC)

Assalomu alaykum. Avvalambor, eʼtibor uchun rahmat.
Ushbu maʼlumotda Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi „Yoshlar“ teleradiokanali haqida toʻliq maʼlumotni joyladik. Bu erda hech qanday koʻrinishdagi reklama joylanmagan.
Albatta, agar Siz maʼlumotni kuzatib chiqqan boʻlsangiz, aynan qaysi boʻlim yoki soʻzlari Sizni ikkilantirgan boʻlsa, tuzatishga tayyormiz.
WIKIPEDIA larni kuzatib chiqqach, barcha telekanallar haqida shunday maʼlumotlar borligin kuzatdik. Tez orada, ushbu maʼlumotni ingliz va rus tillarida ham joylashni rejalashtirdik. Oʻzbekistonda faoliyat olib borayotgan telekanal haqida toʻliq maʼlumot boʻlsa, kuzatuvchilar, foydalanuvchilar uchun foydali boʻlishiga ishonamiz.
Bu maʼlumotlar reklama uchun emas, foylanuvchi uchun, aynan mutaxassislik, yaʼni jurnalistika va media yoʻnalishidagi mutaxassislar uchun foydali boʻlishiga, shuningdek, tomoshabin oʻzini qiziqtirgan savoliga javob olish maqsadida joylagan edik.
Izoh: Jurnalistika universiteti talabalari bilan boʻlgan uchrashuv davomida telekanallar haqidagi maʼlumotlarni topishga qiynalishayotganligi haqida soʻz borgan edi. Ishonamizki, ushbu maʼlumotlar koʻpchilik uchun foydali boʻladi. ElyorTulaganov (munozara) 10:34, 28-May 2022 (UTC)
Maqolada eng, yuqori, kuchli va shunga oʻxshash boʻrttirish elementlariga boy soʻzlar aslo ishlatish kerak emas! Vikipediya sizlarga boshqa telekanallar bilan olishadigan hudud emas, bu yerda neytral ohangda maʼlumot boʻlishi lozim. Misol uchun koʻrsatuvlarni roʻyxatini bergansiz, ammo ular haqida hech qanday manba koʻrsatilmagan. Manbasi yoʻqmi? — Demak koʻrsatuv haqida halq va OAV ham qiziqishga ega emas, demak ensiklopedik ahamiyatga ega emas. Manbalar orasida MTRK sizlar uchun neytral manba hisoblanmaydi, chunki MTRK huzuridagi telekanal hisoblanasizlar va oʻz-oʻzidan kelib chiqadiki, reklama tariqasida oʻzingizni oʻzingiz maqtashdek. Neytral manbalardan foydalanish maqsadga muvofiq boʻlar edi. Qayrat Sultan (munozara) 10:52, 28-May 2022 (UTC)
Misol uchun Milliy TV dagi manbalar soni 1 dona lekin sizlarchalik boʻrttirib maqtalmagan, maʼlumot oʻrnida eng kerakli boʻlgan qisqa malumotlar bor holos, ruschasida esa boshqa odam yaratgan boʻlsa ham u yerda ham qisqa maʼlumotlar jamlangan. Iltimos Vikipediyani reklama hududiga aylantirmang! Qayrat Sultan (munozara) 11:01, 28-May 2022 (UTC)
Taklif va e'tibor uchun rahmat. Tahrirlab qo'yiladi. ElyorTulaganov (munozara) 12:02, 28-May 2022 (UTC)
Manimcha oʻchirish shart emas Sharipov Sanjar (munozara) 10:51, 28-May 2022 (UTC)
„Yoshlar“ sahifasiga qaytish.