Muntazam koʻpyoq — hamma yoklari muntazam teng koʻpburchaklar va hamma koʻp yokli burchaklari teng boʻlgan qavariq koʻpyoq. Muntazam koʻpyoqning har bir uchidan chiquvchi qirralari soni bir xil.

Yevklid Muntazam koʻpyoqning faqat 5 turi bor ekanini isbot etgan: muntazam tetraedr, kub, muntazam oktaedr, muntazam dodekaedr, muntazam ikosaedr. Muntazam koʻpyoqlarning har birini kubni tekisliklar bilan kesish orqali hosil qilinadi. Muntazam tetraedrdan boshqa hamma Muntazam koʻpyoqlarning simmetriya markazi bor. Har qanday Muntazam koʻpyoqka tashqi yoki ichki sfera chizish mumkin.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil