Muomala layoqati (huquqda) — fuqaro yoki yuridik shaxsning oʻz harakatlari bilan huquqqa ega boʻlish va oʻzi uchun majburiyat yaratish qobiliyati. Fuqaro toʻlgach ega boʻladi. 14 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan va 14 yoshga toʻlmagan voyaga yetmaganlarning Muomala layoqati toʻla hajmda boʻlmaydi. Ushbu yoshdagi voyaga yetmaganlar qonunda nazarda tutilgan harakatlarni qonuniy vakillarining roziligi yoki mustaqil ravishda bajarishlariga yoʻl qoʻyiladi (qarang Voyaga yetmaganlar). Fuqaro toʻla hajmda Muomala layoqatiga ega boʻlishi uning oʻz xatti-harakatlarining ahamiyatiga baho bera olish, ular qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini tushunish qobiliyatiga egaligi bilan belgilanadi. Fuqaroning oʻz xattiharakatlarining ahamiyatiga tushunish qobiliyati uning ruhiy jihatdan sogʻlom, aqli raso boʻlishiga ham bogʻliq. Bunday jihatlarga ega boʻlmagan fuqarolar muomalaga layoqatsiz deb hisoblanadi.

Hojiakbar Rahmonqulov.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil