Muqimjon Qirgʻizboyev

oʻzbekistonlik siyosatshunos

Muqimjon Qirgʻizboyev (1948-yil, Namangan viloyati) — siyosatshunos, siyosiy fanlar doktori, professor, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi.

Muqimjon Qirg'izboyev
Tavalludi 2-may 1948-yil (1948-05-02) (75 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Andijon davlat pedagogika instituti
Kasbi Oʻqituvchi
Faoliyat yillari 1963-yildan hozirgacha
Millati Oʻzbek
Dini Islom
Unvoni Siyosiy fanlar doktori, professor
Mukofotlari

Tarjimai holi tahrir

1948-yil 2-mayda Namangan viloyatida tavallud topgan. Millati oʻzbek. Maʼlumoti oliy. 2007-yilda siyosiy fanlar doktori, 2009-yilda esa Professor unvoni berilgan.

1963-1965-yillarda Andijon shahri 10-professional texnika bilim yurti oʻquvchisi

1965-1968-yillarda Qoʻqon avtomobil-yoʻl texnikumi oʻquvchisi.

1968-1973-yillarda Andijon davlat pedagogika instituti talabasi.

1972-1973-yillarda Andijon davlat pedagogika instituti komsomol qoʻmitasi kotibi

1973-1974-yillarda Harbiy xizmatda.

1974-1975-yillarda Andijon davlat pedagogika instituti komsomol qoʻmitasining kotibi, falsafa kafedrasining oʻqituvchisi.

1975-1978-yillarda Toshkent davlat universiteti aspiranti.

1979-1989-yillarda Andijon davlat pedagogika instituti „Tarix“ kafedrasi oʻqituvchisi va katta oʻqituvchisi.

1989-1991-yillarda Andijon davlat pedagogika instituti „Siyosiy tarix“ kafedrasi mudiri

1991-1992-yillarda Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Andijon shahar kengashining birinchi kotibi.

1992-1993-yillarda Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi ikkinchi kotibi.

1993—1996-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonida yetakchi konsultant.

1997—1998-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining iqtidorli yoshlarning chet elda taʼlim olishlarini qoʻllab-quvvatlash „Umid“ jamgʻarmasi ijrochi direktori.

1996—2012-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida professor va kafedra mudiri.

2001—2008-yillarda oʻrindoshlik asosida Germaniyaning Konrad Adenauer fondi Markaziy Osiyo boʻyicha vakolatxonasida seminar rahbari.

2012—2017-yillarda Andijon davlat universitetida professor.

2018-yildan boshlab Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida kafedra mudiri lavozimida ishlamoqda.

Ilmiy faoliyati tahrir

Muallifning 200 dan ortiq ilmiy maqolalari eʼlon qilingan boʻlib, ulardan 30 tasi xorijiy va xalqaro ilmiy jurnallarda eʼlon qilingan. Uning 1998-yilda "Fuqarolik jamiyati: siyosiy partiyalar, mafkuralar va madaniyatlar monografiyasi, 2006-yilda Germaniyaning Konrad Adenauer fondi homiyligida „Fuqarolik jamiyati: nazariya va xorijiy tajriba“ monografiyasi, 2006-yilda „Fuqarolik jamiyati institutlari“ oʻquv qoʻllanmasi, 2007-yilda „Partologiya“ oʻquv qoʻllanmasi, 2010-yilda „Fuqarolik jamiyati: genezisi, shakllanishi va rivojlanishi“ monografiyasi, 2013-yilda „Siyosatshunoslik“ oʻquv qoʻllanmasi[1], 2017-yilda „Sosiologiya“ oʻquv qoʻllanmasi, shuningdek 2014-yilda hammualliflikda „Oʻzbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi amaliyoti“ oʻquv qoʻllanmasi va 2021-yilda „Zamonaviy saylov texnologiyalari“ kabi kitoblari nashr etildi.

2022-yilning oktyabr oyida uning oliy oʻquv yurti talabalari uchun moʻljallangan „Sotsiologiya“ darsligi nashr etildi[2].

Mukofotlari tahrir

„Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabiiysi“ (2021), „Mustaqillikning bir yilligi“ nishoni (1992), „Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim aʼlochisi“ nishoni (2000) mukofotlari bilan taqdirlangan.

Manbalar tahrir