Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti
Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, 24-may 2018-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan,[1] yangi taʼsis etilgan yirik oliy oʻquv yurti. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tarkibiga kiradi. Universitetda bakalavr bosqichi boʻyicha Xalqaro jurnalistika, Internet jurnalistika, Teleradiojurnalistika, Bosma va ommaviy axborot vositalari jurnalistikasi, Sport jurnalistikasi, Harbiy jurnalistika yoʻnalishlari mavjud. Universitet hozirda yoʻnalishlar boʻyicha faqatgina jurnalistlarni tayyorlab qolmay, mediadizayner, mediamarketolog, PR menejerlar hamda axborot xizmatlari uchun ham kadrlar tayyorlamoqda. OʻzJOKUda 3 ta fakultet va 5 ta kafedra mavjud boʻlib, bakalavr, magistratura va sirtqi boʻlimlarda 10 dan ortiq yoʻnalish va mutaxassisliklar boʻyicha taʼlim beriladi. Hozirgi kunda esa universitetda Axborot-resurs markazi, Axborot texnologiyalari markazi, jurnalistika tarixi muzeyi mavjud. 2018/19 oʻquv yilida unda 119 dan ortiq talaba oʻqimoqda, 50 professor oʻqituvchilar, shu jumladan 5 fan doktori va 10 fan nomzodi va 7 dotsentlar ishlaydi. Universitet dunyoning rivojlangan mamlakatlaridagi yetakchi universitet va ilmiy markazlari bilan xalqaro aloqalar oʻrnatgan.
Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti (OʻzJOKU) | |
---|---|
![]() | |
Xalqaro nomi | Journalism and Mass Communications University of Uzbekistan |
Asos solingan | 2018 |
Oʻquv yurti turi | Universitet |
Rektori | Sherzodxon Qudratxoʻjayev |
Talabalari | 695+ |
Fakultetlar | 3 |
Bakalavriat | 489 |
Magistratura | 61 |
Fan doktorlari | 6 ta |
Professorlar | 80+ ta |
Manzili | Toshkent, Qiyot koʻchasi 88, 100066 Oʻzbekiston |
Vebsayti | www.uzjoku.uz |
YoʻnalishlarTahrirlash
Bakalavriyat (kunduzgi)Tahrirlash
- 5220101 — Bosma OAV jurnalistikasi;
- 5220102 — Teleradiojurnalistika;
- 5220103 — Internet jurnalistika;
- 5220104 — Xalqaro jurnalistika;
- 5220105 — Sport jurnalistikasi;
- 5220106 — Harbiy jurnalistika;
- 5220200 — Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar;
- 5152000 — Mediadizayn;
- 5220400 — Mediamarketing va reklama.
Bakalavriyat (sirtqi)Tahrirlash
- 5220100 — Bosma OAV jurnalistikasi;
- 5220100 — Teleradiojurnalistika.
MagistraturaTahrirlash
- 5A220101 — Bosma OAV jurnalistikasi;
- 5A220103 — Teleradiojurnalistika;
- 5A220101 — Internet jurnalistika;
- 5A220102 — Xalqaro jurnalistika;
- 5A220101 — Sport jurnalistikasi;
- 5A220101 — Siyosiy jurnalistika;
- 5A220104 — Noshirlik ishi va muharrirlik;
- 5A220101 — OJK.
MaʼmuriyatTahrirlash
Universitet RektoriTahrirlash
O‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektorTahrirlash
- Matyakubov Alisher Jumanazarovich
Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorTahrirlash
- Muratova Nozima Faxritdinovna
Ishlar boshqarmasi boshlig‘iTahrirlash
- Mamadaliyev Bekzod Baxtiyarovich
FakultetlarTahrirlash
Internet jurnalistika va ijtimoiy tarmoqlar fakultetiTahrirlash
Fakultetda 1 ta kafedra faoliyat koʻrsatadi:
- Raqamli media va internet.
Fakultet quyidagi yoʻnalishlarda bakalavrlar tayyorlaydi:
- Internet jurnalistika;
- Mediadizayn;
- Mediamarketing va reklama.
Xalqaro jurnalistika va jamoatchilik bilan aloqalar fakultetiTahrirlash
Fakultetda 2 ta kafedra faoliyat koʻrsatadi:
- PR va xalqaro kommunikatsiyalar;
- Medialingvistika.
Fakultet quyidagi yoʻnalishlarda bakalavrlar tayyorlaydi:
- Xalqaro jurnalistika;
- Axborot xizmatlari va jamoatchilik bilan aloqalar;
- Teleradiojurnalistika.
Xalqaro jurnalistika va jamoatchilik bilan aloqalar fakultetiTahrirlash
Fakultetda 2 ta kafedra faoliyat koʻrsatadi:
- Media nazariyasi va amaliyoti;
- Ijtimoiy gumanitar fanlar.
Fakultet quyidagi yoʻnalishlarda bakalavrlar tayyorlaydi:
- Bosma OAV jurnalistikasi;
- Sport jurnalistika;
- Harbiy jurnalistika.