Murakkab efirlar — organik birikmalar. Murakkab efirlarda uglevodorod radikali organik yoki anorganik kislotalar radikallari bilan kislorod atomi orqali bogʻlangan boʻladi. Murakkab efirlar tabiatda yogʻlar va vosklar sifatida uchraydi. Fosfat kislota efirlari inson va hayvonlar organizmida moddalar almashinuvi jarayonlarida muxim rol oʻynaydi.

Murakkab efirlarning aksarisi suvda erimay, organik erituvchilarda eriydi. Murakkab efirlardan mevalar hidi keladi. Asosan, eterifikatsiya yoʻli bilan olinadi. Murakkab efirlar uchun s o -vunlanish reaksiyasi tavsiflidir. Spirt va kislotadan efir hosil boʻlishi qaytar reaksiya hisoblanadi. Bunda toʻgʻri reaksiyani eterifikatsi-yalash, teskari reaksiyani esa gidroliz deyiladi. Murakkab efirlar eritmalarida elektr tokini utkazmaydi.

Quyi Murakkab efirlar, asosan, erituvchilar (mas, etilatsetal), oʻrtalari oziq-ovqat sanoatida essensiyalar (mas, nok essensiyasi) sifatida qoʻllanadi. Sulfat kislota efirlari (dimetilsul-fat) organik sintezda, nitrat kislota efirlari — portlovchi moddalar (nitroglitserin) olishda xom ashyo sifatida, Murakkab efirlar farmatsevtika, lok-boʻyoq, polimer va plastmassalar, sintetik tola ishlab chiqarishda va boshqa sanoat tarmoqlarida ishlatiladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil