Murchil

jangovar tartib; Amir Temur

Murchil — jangovar tartib; Amir Temur armiyasi harbiy yurishga otlanganda mavjud institutizom va qoidaga buysunilgan. M.ga binoan har bir sarkarda oʻz boʻlinma yoki qismlari bilan egallab turgan mansabiga koʻra safdan oʻrin olgan. Sharafuddin Ali Yazdiyning "Zafarnomasi"da qayd etilishicha, yuzlik, minglik, qoʻshin beklari oʻz askarlariga boshchilik qilgan holda guruh-guruh boʻlib, M.ni tashkil qilgan. M.ning buzilishi, muayyan, yuzlik, minglik yoki tuman oʻrnini boshqa yuzlik, minglik yoxud tumanning egallashi qatʼiy taqiklangan. M.da uz guruhidan adashgan jangchilarga jazo berilgan. [1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil