Murilo Bartolome Esteban
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
MURILO (Murillo ) Bartolome Esteban (1618.1.1 — Sevilya — 1682.2.4) — ispan rassomi, Sevilya Badiiyot akadimyasi asoschilaridan va uning birinchi prezidenti. Sevilyada oʻqigan va ishlagan. M.ning karavajizm taʼsiri kuzatiladigan dastlabki asarlaridayoq diniy sahnalar xalq hayotidan lavhalar koʻrinishida tasvirlanadi. 1650-yillardan asarlarini tilla rangli nursoya bilan boyitilgan oʻta tasviriy uslubga (ayniqsa, manzarali zaminlarda) oʻta borib, diniy kompozitsiyalar, shu jumladan, bibi Maryam hayotidan olingan lavhalarda (mas, "Misr yoʻlida xordiq", 1665—70 va boshqalar) ilohiylashtirilgan va gʻamgin milliy ispan ayolini ajoyib lirizm bilan tasvirlaydi. M. ijodining realistik xususiyatlari ayniqsa uning janrli kartinalarida, Sevilya bolalari hayotini ochiq koʻngillik bilan yengil yumorli tasvirlovchi turkum asarlari ("Meva tutgan bolalar" va boshqalar) da yaqqol namoyon boʻladi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |