Murod I
Murod I Xudovandigor (1326—1389) — Usmonlilar imperiyasining 3-sultoni (1362-1389)[2][3].
Murod I | |
Usmonlilar imperiyasi podshohi | |
Hukmronligining boshlanishi: | Mart 1362 |
---|---|
Hukmronligining tugashi: | 14 Iyun 1389 |
Oʻtmishdosh: | Oʻrxon I |
Voris: | Boyazid I Yildirim |
Tugʻilgan sanasi: | 29-iyun 1326-yil |
Tugʻilgan joyi: | Amasiya, Usmonlilar imperiyasi |
Vafot sanasi: | 12-avgust 1389-yil (63 yoshda) |
Vafot joyi: | Prishtina, Kosovo[1] |
Usmonlilar sulolasiga mansub Turkiya sultoni (1362—1389). Sulton Oʻrxon Gʻoziyning oʻgʻli. Taxt tepasiga kelgan Murod I birodarlari Ibrohim va Xalillarni qatl etgach, Kichik Osiyoning sharqiy va janubiy xududlarini oʻz tasarrufiga kiritadi. Tez orada mamlakatning ilgari qoʻldan chiqqan gʻarbiy yerlarini qaytarib oladi. 1362-yil bolgarlarning Filippopol (Plovdiv) shahrini zabt etadi. Oradan 2 yil oʻtgach, bolgar shohi Shishman usmoniylar sultoniga xiroj toʻlovchiga aylanadi. Murod I 1370-yillarda poytaxtni Edirne (Adrianopol)ga koʻchiradi. Murod I 1376-yil Vizantiya tasarrufiga oʻtgan Gallipoli yarim orolini qaytarib oladi; 1370—1380-yillarda Bolkrndagi barcha yerlarni bosib oladi. 1389-yilning iyunida Murod I ulkan armiyasi bilan serb yerlariga kiradi. Kosovo maydonida knyaz Lazar boshlik, serb kuchlari bilan toʻqnashadi (1389-yil 15-iyun). M.I qaror-gohiga Lazar armiyasi haqida maʼlumot bermoqchi boʻlgan serb-krchoq Miloshni olib kelishadi, u tusatdan Murod I ning yuragiga xanjar sanchadi. Biroq, Murod I ning qoʻshini jangda gʻalaba qozonadi. Asirga olingan Lazar jon berayotgan Murod I koʻz oʻngida qatl qilinadi. Murod I ning toʻngʻich farzandi Boyazid I Yildirim sultonlik shohsupasiga oʻtiradi[4].
Manbalar
tahrir- ↑ "Murad I". Encyclopædia Britannica Inc., 2014. Web. 19-Dec. 2014-yil.
- ↑ Imber, Colin. The Ottoman Empire, 1300-1650: The Structure of Power, 2, Palgrave Macmillan, 2009. ISBN 978-0-230-57451-9.
- ↑ Harris, Jonathan, The End of Byzantium. New Haven and London: Yale University Press, 2010. ISBN 978-0-300-11786-8
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |