Murod Maxamadusmonovich Xontoʻrayev[1] (1987-yil 4-iyul, Toshkent, Oʻzbekiston – 2021-yil 19-iyul, Toshkent, Oʻzbekiston) – oʻzbek aralash jang sanʼati kurashchisi, 2013-yildan buyon professional musobaqalarda qatnashgan, Oʻzbekiston aralash jang sanʼati federatsiyasi vitse-prezidenti.

Murod Xontoʻrаyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi erkak
Taxallusi/Laqabi Osiyo ayigʻi
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 4-iyul 1987-yil
Toshkent
Vafot sanasi 19-iyul 2021-yil
Toshkent
Sport
Qaysi sport Oʻzbekiston aralash jang sanʼati

Biografiyasi

tahrir

Murod Maxamadusmonovich 1987-yil 4-iyulda Toshkent shahrida oʻrtahol oilada tavallud topgan, otasi kasbi novvoy, onasi esa uy bekasi boʻlib, oilasiga yordam bergan[2]. Murod oilasidan baxtli bolaligi va[3] hech narsaga muhtoj emasligi uchun minnatdor edi.

„Tishimni olib tashlashim kerak edi, keyin otam meni tinchlantirish uchun: „Oʻgʻlim, agar yigʻlamasang[4], seni karatega olib boraman“, – dedi[5]. Bu taklif menga yoqdi, yigʻlamadim, keyin otam meni „Dinamo“ sport klubiga karatega olib bordi“, – deydi Murod Xontoʻrayev.

Murod Xontoʻrayev oʻn yetti yoshida kattalar oʻrtasida universal jang boʻyicha Osiyo chempioni boʻlish sharafini qoʻlga kiritdi[6]. Bu gʻalaba jangchi uchun juda muhim edi, shundan soʻng u bir odam bilan uchrashdi va keyinchalik bu odam uning murabbiyi boʻlib chiqdi[7]. Murod 2013-yilda professional jangini oʻtkazdi. Oʻzbekiston MMA federatsiyasi vitse-prezidenti boʻldi. Uning laqabi Osiyo ayigʻi edi[8].

Oilasi

tahrir

Murodning otasi Muhammad Usmon Xontoʻrayev

Onasi Umida Xontoʻrayeva

Akasi Toxir Xontoʻrayev

Turmush oʻrtogʻi Dilnozaxon Xontoʻrayeva

Farzandlari

tahrir

Murod Xontoʻrayevning uch nafar farzandi bor. Ayubxon Xontoʻrayev (2012-yil 28-sentyabr), Yasinxon Xontoʻrayev (2015-yil 12-fevral) va Muhammad Xontoʻrayev (2019-yil 2-may).

Vafoti

tahrir

2021-yil 19-iyul kuni internetda Oʻzbekiston MMA vitse-prezidenti, jangchi Murod Xontoʻrayev oʻzining BMW X5 rusumli avtomashinasida Toshkent yaqinida avtohalokatga uchrab halok boʻlgani haqida maʼlumot qayd etilgan[9][10].

Manbalar

tahrir
  1. „"Азиатский медведь". Кто такой Мурод Хантураев, погибший в автокатастрофе“. tolknews.ru. Qaraldi: 2021-yil 20-iyul.
  2. „В Ташкенте задержан узбекский боец ММА Мурод Хантураев“ (ru). Sputnik Таджикистан. Qaraldi: 2021-yil 20-iyul.
  3. „Узбекский боец MMA Мурод Хантураев разбился в автокатастрофе | Vestnik Kavkaza“. vestikavkaza.ru. Qaraldi: 2021-yil 20-iyul.
  4. „Murod Hanturaev Stats, News, Bio“ (en). ESPN. Qaraldi: 2021-yil 20-iyul.
  5. Sputnik Таджикистан. „Узбекский боец MMA Мурод Хантураев вышел на свободу“ (ru). Sputnik Таджикистан (15-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 20-iyul.
  6. „Рэпер Гуф отреагировал на гибель Мурода Хантураева“ (ru-RU) (2021-yil 19-iyul). Qaraldi: 2021-yil 20-iyul.
  7. „В Ташкенте 6 мужчин в масках избили известного борца Мурода Хантураева“ (ru). CENTRAL ASIAN. Qaraldi: 2021-yil 20-iyul.
  8. „Мурод Хантураев биография: чем запомнился любимый боец узбекистанцев, и как трагично оборвалась его жизнь“ (ru). Repost. Qaraldi: 2021-yil 20-iyul.
  9. „Мурад Хантураев погиб в ДТП“ (ru). Газета.uz (2021-yil 19-iyul). Qaraldi: 2021-yil 20-iyul.
  10. „Вице-президент федерации ММА Узбекистана погиб в результате ДТП“. vesti.ru. Qaraldi: 2021-yil 20-iyul.