Aralash jang sanʼati
MMA ("aralash jang sanʼati" yoki "aralash yakkakurash"), turli jang sa'nati texnikalarini o'z ichiga olgan kombat sport turi hisoblanadi. Boshqa jang san'atlaridan farqli o'laroq, MMAda jang qoidalari qo'l va oyoq zarbalari, kurash va sabmishnni o'z ichiga oladi. MMAda janglar odatda 3-5 raundlar orasida 1 daqiqa tanaffus bilan, va har bir raund 5 daqiqa davom etadi. MMA atamasi ilk bor kombat sport turlari hakami, sobiq politsiya hodimi bo'lgan Jon Makkarti tomonidan qo'llanilgan[1] va keyinchalik UFC, PRIDE va boshqa MMA tashkilotlari tomonidan qo'llanish boshlangan.
Aralash Jang San'ati | |
---|---|
Jang sanʼati nomi (JS): | Aralash Jang San'ati |
Boshqa nomlari: | MMA, Aralash Yakkakurash |
Asos solingan sanasi: | XX asr boshlari |
Mamlakat: |
![]() |
Tarixi
tahrirKombat jang san'ati uzoq tarixga ega va u qadimgi Xitoyga borib taqaladi. Zamonaviy MMA tarixi esa XIX asr oxirlariga borib taqaladi. Bu davrda MMA asosan gibrid formatda shakllangan va aniq bir qoidalarga ega bo'lmagan. Osiyo davlatlari(Gong Kong, Yaponiya va b.) va Amerika qit'asi(Braziliya, Meksika, AQSH va b.)da turli formatdagi aralash jang san'ati doirasida musobaqalar tashkil qilinib borilgan. Bu davrda MMAni dunyoga tanilishida eng katta rol o'ynagan sport ustalari Greysi oilasi, Barton Rayt, Bruce Lee, Antonio Inoki va boshqalar bo'lishgan.
MMA tashkilotlari
tahrirUFC
tahrirUFC - AQSHda tashkil qilingan ilk MMA tashkilotlaridan biri va bugungi kunga kelib, bozor qiymati daromadi bo'yicha dunyodagi eng katta kombat sport promouterlik tashkiloti[2] hisoblanadi.
PRIDE
tahrirPRIDE - Yaponiyaning dunyoga mashxur ilk MMA tashklilotlaridan biri bo'lgan. Uning ochilish marosimi 1997-yil 11-oktabrda "Tokyo Dome" arenasida bo‘lib o‘tgan. 2007-yilga kelib tashkilot ZUFFA ostida o'z faoliyatini tugatgan. PRIDE tarixi davomida 60dan ortiq MMA kechalarini tashkil qildi va dunyoning 40 ga yaqin davlatiga translyatsiya qilindi.
ONE
tahrirONE Championship - 2011-yil Singapurda Chatri Sityodtong va Viktor Kui tomonidan tashkil etilgan jang san'atlari tashkiloti[3]. Dastlab aralash jang san'atiga (MMA) e'tibor qaratgan ONE, bugungi kunda muaytay, kikboksing va BJJ janglarini ham o'tkazib keladi.
MMA Qoidalari
tahrirG'alaba
tahrirJangda g'alaba odatda belgilangan vaqt o'tgandan keyin hakamlarning qarori, hakamning to'xtatilishi (masalan, agar raqib o'zini himoya qila olmasa) yoki shifokor xulosasi(jarohat tufayli) bilan erishiladi. Boshqa vaziyatlarda esa, raqibni bo'ysundirish, nokaut, texnik nokaut, yoki murabbiylar xohishi bilan jang g'olibi aniqlanadi.
Nokaut
tahrirAgarda jangchi og'ir yoki ketma-ket berilgan zarbalar sabab jangni davom ettirda olmasa nokaut deb topiladi, va jang raqib foydasiga hal bo'ladi.
Texnik Nokaut
tahrirAgar hakam davom etayotgan o'yinni to'xtatishi mumkin, agar:
- Jangchi shu darajada dominant bo'lib qoladiki, raqib o'zini oqilona himoya qila olmaydi va buning natijasida haddan tashqari zarar ko'radi.
- Jangchi urilganda hushini yo'qotayotganga o'xshaydi
- Jangchining kesish yoki singan suyagi kabi jiddiy jarohati bor ko'rinadi
Shifokor jangchini tekshiradi va agar uning jarohati jiddiy deb topilsa, jangni davom ettira olmaydi va raqib jangda g'olib deb topiladi. Ammo, agar raqibning noqonuniy xatti-harakatlari natijasida jarohat olinganligi ma'lum bo'lsa, raqibga diskvalifikatsiya beriladi yoki jang bekor qilinadi.
Jangchining murabbiylari jang davomida yoki raundlar oralig'ida sochiqni tashlash orqali jangchi nomidan mag'lubiyatni e'lon qilishi mumkin. Bunday vaziyatda murabbiylar jangchining holatidan kelib chiqib qaror berishadi.
Bo'ysundirish
tahrirJangchi o'yin davomida mag'lubiyatni ikki usulda tan olishi mumkin:
- raqibning tanasiga yoki gilamiga/poliga kaft bilash urish orqali
- og'zaki aytish orqali
Bunday mag'lubiyat uchun jangchi raqib tomonidan jangni davom etishiga imkon qolmaydigan vaziyatga olib kelinish kerak bo'ladi.
O'zbekistonda MMA
tahrirO'zbekistonda qisqa tarixga ega bo'lishiga qaramay, MMA bugungi kunga kelib keng ommaga tanilgan sport turiga aylangan. Professional O'zbek MMA jangchilari turli xalqaro chempionatlarda qatnashib nufuzli o'rinlarni egallab kelishmoqda.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |