PRIDE (Pride FC yoki Pride Fighting Championship) 1997 – 2007-yillar orasida faoliyat yuritgan yapon aralash jang sanʼati (MMA) tashkiloti edi. Ushbu tashkilot MMAning tarixidagi eng nufuzli va mashhurlaridan biri boʻlib, Tokioda joylashgan. PRIDE FC yuqori darajadagi jangchilari, oʻziga xos qoidalari va ajoyib tomosha qilib taqdim etilgan janglari bilan tanilgan.

Tarixi

tahrir
 
Fedor Emelyanenko vs. Mark Kolman, PRIDE 32 (2006-yil)

Kombat sport turlari va ularga oid kechalar tashkil qiluvchi tashkilotlar XIX asr oxirlariga kelib keng tus olgan. Ulardan ilhomlangan Nobuyuki Sakakibara, Hiromichi Momose, va Naoto Morishitalar 1997-yil, 11-oktyabrda ilk PRIDE kechasini tashkil qilishdi. „Tokyo Dome“da boʻlib oʻtgan kechada Yaponiyalik kurashchi Nobuhiko Takada asli Braziliyalik, Greysilar oilasi vakili boʻlgan Rikson Greysiga qarshi jang qildi. Minglab muhlislar va ommaviy axborot vositalarining eʼtiborini tortgan ushbu kechadan keyin, Nobuyuki Sakakibara boschiligidagi jamoa yana bir necha jang kechalarini tashkil qilishda va yakunda DSE (Dream Stage Entertainment) promouterlik kompaniyasi taʼsis etildi.

DSE ilk „PRIDE Grand Pri“ kechasini 2000-yilga kelib tashkil qildi. Ushbu kechaning oʻziga xosligi vazn toifasi belgilanmaganligi edi. Bir necha seriyalik ushbu Grand Pri yakunida Amerikalik mashhur aralash jang sanʼati ustasi Mark Kolmen gʻolib deb topildi[1].

Mashhur jangchilar

tahrir

PRIDE FC oʻz vaqtida juda koʻp mashhur jangchilarni oʻzida jamlagan, jumladan:

  • Fedor Emelyanenko
  • Mirko „Cro Cop“ Filipovich
  • Kazushi Sakuraba
  • Antonio Rodrigo Nogeyra
  • Vanderley Silva
  • Kuinton „Rampage“ Jekson
  • Bob Sapp
  • Chak Liddell
  • Anderson Sliva
  • Takanori Gomi
  • Roys Greysi
  • Den Henderson

Tugatilishi

tahrir

Muammolar PRIDEning Yapon jinoiy guruhlari(yakuza) bilan aloqasi borligi haqidagi mish-mishlar tarqalishi bilan boshlandi. PRIDEdan masofa saqlash uchun bir necha kompaniyalar hamkorlikni toʻxtatishdi. Jumladan, 2006-yilda Yaponiyaning eng yirik telekanallaridan biri boʻlgan Fuji TV oʻzaro shartnomani bekor qildi[2]. Bunday yirik shartnomalarning bekor qilinishi PRIDE va uni tashkil etuvchi DSE uchun katta moliyaviy yoʻqotish boʻldi. Natijada, 2007-yilga kelib oʻz faoliyatini toʻxtatdi. Tashkilot aktivlari va bir necha jangchilari UFC tomonidan sotib olindi[3].

PRIDEning tashkil qilinishi va rivojlanishi MMA tarixida muhim oʻrin tutadi va uning merosi hanuzgacha yashab kelmoqda.

Manbalar

tahrir
  1. Gross, Josh. „In his own words: ‘The Hammer’ remembers an improbable 2000 Pride Grand Prix“ (en-US). The New York Times. Qaraldi: 2024-yil 10-iyun.
  2. „Fuji TV Cancels Contract with PRIDE“.
  3. „Source: UFC buys Pride for less than $70M“. ESPN.