Malik Murodov (1933.20.7, Yangiqoʻrgʻon tumani — 2001.25.12, Toshkent) — folklorshunos olim. Oʻzbekiston Res-publikasi fan arbobi (1997). Filologiya fanlari doktori (1977), professor (1980). Toshkent universiteti filologiya fakultetini tugatgan (1955). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutining folklor boʻlimida katta ilmiy xodim (1961—67), Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyida boʻlim mudiri (1967—78), Toshkent madaniyat institutida kafedra mudiri (1979—2001). M.ning ilmiy faoliyati Janubiy Oʻzbekiston dostonchilik maktablarining epik anʼanalari va bugungi tari-xiy-folkloriy jarayenining oʻziga xos xususiyatlariga bagʻishlangan. U 1959-yildan folklor ekspeditsiyalarida qatnashib, oʻnlab xalq baxshilarining ijodiy faoliyati, doston kuylash mahoratini ta-dqiq etgan. M.ning "Ijod durdonalarini izlab" (1967), "Sarchashmadan tomchilar" (1984) kitoblari dostonchilikning nazariy masalalariga bagʻishlangan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil