Murolimjon Ahmedov

Futbolchi, qirg'iziston terma jamoasining hujumkor yarim himoyachisi

Murolimjon Axmedov Murodiljonovich (1992-yil 5-yanvarda Botken viloyatidagi Uch-qoʻrgʻon qishlogʻida tavallud topgan[1]) — qirgʻizistonlik futbolchi, Qirgʻiziston milliy terma jamoasining hujumkor yarim himoyachisi.

Murolimjon Ahmedov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Ahmedov Murolimjon Murodiljonovich
Tavallud sanasi 5-yanvar 1992-yil (1992-01-05) (32 yosh)
Tavallud joyi Uch-Qoʻrgʻon (Qadamjoy tumani)Qirgʻiziston,
Boʻyi 172 sm
Ampluasi Hujumkor yarimhimoyachi
Laqabi Mura
Vazni 68 kg
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Nur-Batken
Raqami 8
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2012—2017
2018-2019
2020
2020
2021
2022—h.v
 KGZ Oloy
 KGZ Dordoi
 Bangladesh Saif
 KGZ (Qoʻchqor-Ota)
 Bangladesh Bangladesh Police
 KGZ Nur-Batken
(? (18)
? (12)
6 (0)
12 (2)
24 (2)
0 (0))
Milliy terma jamoa
2014
2017—h.v
 KGZ U-23
 KGZ Qirgʻiziston milliy termasi
(2 (0)
15 (0))
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Faoliyati tahrir

Klubdagi faoliyati tahrir

2012-yildan boshlab Qirgʻiziston oliy ligasida Oʻshning „Oloy“ futbol klubi safida oʻz faoliyatini boshladi va olti mavsumni oʻtkazib, shu vaqt mobaynida uch karra Qirgʻiziston chempioni (2015—2017-yillar) va koʻp karra mamlakat chempionatining sovrindoriga aylandi.

2017-yilda u Qirgʻizistonning eng yaxshi futbolchisi sifatida eʼtirof etildi[2]. Ahmedov Osiyo klublari turnirlarida qatnashgan.

U Tojikistonning „Xujand“[3] va Turkiyaning „Samolyukspor“ havaskorlar klubiga oʻtish uchun koʻrikdan oʻtgan[4].

2018-yilda futbolchi Bishkekning „Dordoy“ klubiga transfer qilinib, oʻsha mavsum doirasida qatorasiga toʻrtinchi bor Qirgʻiziston chempioni boʻldi. Shuningdek, mamlakat kubogini ham qoʻlga kiritdi.

Ahmedov 2020—2021-yillarda Bangladesh chempionatida Bangladesh Police klubi safida toʻp surgan.

Terma jamoadagi faoliyati tahrir

2014-yilda boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlarida Qirgʻizistonning olimpiya tema jamosi safida 2 ta oʻyin oʻtkazgan.

U 2017-yilning 13-iyun kuni Hindistonga qarshi boʻlib oʻtgan debyut uchrashuvini Qirgʻiziston terma jamoasi safida oʻtkazib, oʻyinning 81-daqiqasida Viktor Mayer oʻrniga maydonga tushdi[5].

Ahmedov, shuningdek, 2019-yilgi Osiyo Kubogida qatnashgan, ammo biror marta ham maydonga tushmagan.

Mukofotlari tahrir

2017-yilda — Qirgʻizistonning eng yaxshi futbolchisi[2]

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir