Murtuza Muxtorov masjidi
Murtuza Muxtorov masjidi (ozarbayjoncha: Murtuza Muxtarov məscidi) – Ozarbayjonning Boku shahrida joylashgan masjid.
Masjid | |
Mamlakat | Ozarbayjon |
Joylashuvi | Boku |
Koordinatalar | 40°25'19.2"N 49°59'07.2"E |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi |
Loyiha muallifi | Murtuza Muxtorov |
Meʼmor | Ziver-bey Axmedbekov |
Binokorlik | 1901—1908 |
Holati | amaldagi |
Murtuza Muxtorov masjidi Vikiomborda |
Tarixi
tahrirMurtuza Muxtorov masjidining qurilish ishlari 1901-yilda mahalliy aholi tomonidan boshlangan. Materiallar tanqisligi tufayli qurilish qurilish toʻxtab qoladi va mahalliy aholi masjid qurilishini davom ettirish maqsadida Murtuza Muxtorovdan moddiy yordam soʻraydi[1].
Murtuza Muxtorov bir qancha meʼmorlarni (jumladan, bosh meʼmor Ziver-bey Axmedbekov) yollab, qurilish xarajatlarini oʻz zimmasiga oladi.
Masjid qurilishi ishlari 8 yil davom etadi va 1908-yilda toʻliq yakunlanadi[2].
Murtuza Muxtorov masjididan Sovet Ittifoqi davrida toʻquv ustaxonasi sifatida foydalanilgan. 1985—1989-yillarda binodan Sattor Bahlulzoda asarlari koʻrgazmasi zali sifatida ishlatilgan. 1989-yildan buyon esa masjid sifatida faoliyat yuritib kelmoqda[3].
Murtuza Muxtorov masjidga alohida sovgʻa sifatida arab xattotligi boʻyicha tilla bilan bitilgan Qur’on kitobini tuhfa qiladi. Ushbu kitobning ogʻirligi 25 kilogrammni tashkil etadi[3].
Murtuza Muxtorov masjidi 47 metr balandlikka ega boʻlgan ikkita minoradan iborat. Ularning har biri 140 ta qadamdan iborat. Masjidda, shuningdek, ayollar uchun ham alohida namozxonasi mavjud. Murtuza Muxtorovning qabri ham masjid hovlisida joylashgan. Masjidning oʻng va chap tomoniga arab harflari bilan „Paygʻambarlarga salom“ yozuvi tushirilgan[3].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Babaev. „ИСТОРИЯ АЗЕРБАЙДЖАНСКОЙ НЕФТИ“.
- ↑ „108 yaşlı Əmircan məscidi“ (en). medeniyyet.az. Qaraldi: 2019-yil 23-iyul.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 „108 yaşlı Əmircan məscidi“ (en). medeniyyet.az. Qaraldi: 2019-yil 23-iyul.„108 yaşlı Əmircan məscidi“. medeniyyet.az. Retrieved 2019-07-23.