Qoʻyhoʻkiz, qoʻybuqa, mushkli qoʻyhoʻkiz (OU1008 tozspaShz) — quvushshoxlilar oilasiga mansub juft tuyoqli sut emizuvchi hayvon. Grenlandiya, Kanada, Arktika arxipelagidagi orollarda tarqalgan. Shpitsbergen, Nunivak, Nelson orollari va Alyaskaga olib kelingan. Pleystotsen, qisman golotsenda Yevrosiyo va Shimoliy Amerikada ham koʻp boʻlgan. Boʻyi (yagʻrinidan) 1,1 m ga yaqin, tanasining uz. 2,5 m cha, ogʻirligi 300 kg cha.

Gavdasi uzun (60—90 sm li) qora koʻngʻir jun bilan qoplangan. Boʻyni qisqa va yoʻgʻon. Shoxining asosi yoʻgʻon, uchi qayrilgan. 20—30 bosh Q. poda boʻlib yashaydi. Avgust-sentabrda urchiydi. Boʻgʻozlik davri 9 oy. 1—2 ta bola tugʻadi. Lishaynik, mox va oʻtlar bilan oziqlanadi. Q. soni kamayib ketgan (25 ming boshga yaqin), muho-faza qilinadi. Rossiyaning shim. hududlariga Kanadadan olib kelib koʻpaytirilmokda.