Mushrif (taxallusi; ismi Mirzo Qalandar Isfaragiy) (? — Isfara — 1825) — shoir va olim. Qoʻqon madrasasida oʻqigan. 1818-yildan Umarxon saroyida lashkar qozisi vazifasini bajargan. Muhammad Alixon davrida Isfarada qozi boʻlgan. Forsiy va turkiyda ijod qilgan. Gʻazal va qasidalarida Umarxonni madh etgan, tabiat goʻzalliklarini tasvirlagan, insof va adolatni ulugʻlagan. Mushrif Umarxon taklifi bilan "Shahnomayi nusratpayom" ("Gʻalabadan xabar beruvchi Shoqnoma") asarini yozgan (1822). Asar Fazliyning "Umarnoma" dostoni asosida yaratilgan. Unda Umarxonning bolalikdan vafotiga qadar hayoti aks ettirilgan. Asar 19-asr Qoʻqon adabiy muhitini oʻrganishda muhim ahamiyatga ega. Mushrif sheʼrlaridan namunalar Fazliyning "Majmuai shoiron" tazkirasida uchraydi. "Risolayi askariy" kitobi hamda diniy mavzudagi "Daloyil ulhayrot" asarining arabchadan forsiyga qilgan tarjimasi hali topilmagan. "Shahnomayi nusratpayom" ning qoʻlyozmasi Rossiya Fanlar akademiyasi Osiyo mamlakatlari institutining Sankt-Peterburg boʻlimida (inv. № 471) saqlanadi.

Ly.: Qayyumov P., Tazkirayi Qayyumiy, T., 1998.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil