Mushukoʻt, sassiqmatal (Adonis parvifl ora) — ayiqtovondoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻt. Boʻyi 50—60 sm. Bargi patsimon, tub barglari qisqa bandli, poyadagilari bandsiz. Guli mayda, qizgʻish. Mevasi shoxlarining uchida.

Oʻzbekistonda togʻ etaklarida va adirlarida, ekinlar orasida, tashlandiq yerlarda va yoʻl yoqalarida usadi. Aprelda gullaydi, iyunda mevalaydi. Poya va barglarida saponin, glikozidlar bor. Bu moddalardan tibbiyotda turli kasalliklarni davolashda foydalaniladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil