Mushuktirnoq (Astragalus corrugatus) — dukkakdoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻt. Poyasining uz. 5—15 sm, tubidan shoxlanadi. Bargi toq, patsimon murakkab. Guli binaf-sha rang, toʻpguli shingilsimon. Dukkagining uz. 2—4 sm, eni 2—2,5 mm, yoysimon egik, uchi ilgaksimon kayrilgan, mushukning tirnogʻini eslatadi (nomi shundan olingan). Urugʻi 14—20 ta. Aprelda gullab, mayda uruglaydi. M. Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo va Qoraqalpogʻistonning qumli yerlarida hamda togʻ yon bagʻirlarida tarqalgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil