Musiqa shakli - 1) keng (falsafiy, estetik) maʼnoda — muayyan gʻoyaviybadiiy mazmunni musiqada mujassamlashtiruvchi ifoda vositalari (kuy, ritm, garmoniya va boshqalar) maj-mui; 2) tor maʼnoda — musiqa asarining ichki tuzilishi — kompozitsiyasn. Musiqa shakli badiiy obrazlarni namoyon etishda muayyan ijodiy prinsiplar (mas, kuy yoki mavzuni takrorlash, oʻzgartirish, qayta ishlash, yangi, keskin farqlanuvchi kuy kiritish va boshqalar)ga ta-yanadi. Ogʻzaki anʼanadagi musiqada, shuningdek, vokal, teatr, kino musiqalarida sof musiqiy omillar bilan birga mazkur sanʼat turlariga xos (mas, sheʼriy asar tuzilishi, sahna asari dramaturgiyasi, kinofilm montaji kabi) kompozitsiya xususiyatlari ham muhim oʻrin tutadi. Dasturli (muayyan mavzuli) musiqa asarlari (mas, simfonik poema, ballada)la Musiqa shakli umumiy syujetga mos ravishda oʻzgaradi. Musiqa shaklining eng kichik ifodaviy birligi ohang, birlamchi tugal musiqa tuzilmasi mavzudir. Har bir asardagi kompozitsiya oʻziga xos koʻrinishga ega boʻlsada, Musiqa shaklining ayerlar davomida rivojlanib, qonunlashgan turlari mavjud (davr, kuplet, ikki qismli, uch qismli shakl, sonata shakli, variatsiya, rondo, fuga va boshqalar). Shuningdek, bir qismli aralash (rondosonata), koʻp qismli turkum Musiqa shaklilari tarqalgan (syuita, sonata turkumi va boshqalar). Yirik vokalsimfonik (oratoriya, kantata, messa va boshqalar) va musiqali sahna (musiqali drama va komediya, opera, balet) asarlari koʻp qismdan tashkil topadi. Ularning ayrim qismlari (uvertyura, ariya va hokazo), odatda, uncha murakkab boʻlmagan Musiqa shaklilarida yoziladi.

Sharq (jumladan, Oʻrta Osiyo) xalqlarining ogʻzaki anʼanadagi professional musiqasida turli xil Musiqa shaklilari mavjud boʻlgan (amal, kor, savt, peshrav va boshqalar)[1].

Adabiyotlar

tahrir
  • Rajabov I., Maqomlar masalasiga doir, T., 1963;
  • Asafyev B., Muzikalnaya forma kak protsess, 2 izd., M., 1971;
  • Sposobin I., Musiqa shakli [Maxsus muharrir F. Gʻafurbekov], T., 1982.

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil