Musiqiy arra
Musiqiy arra — musiqa asbobi sifatida qoʻllaniluvchi arra hisoblanadi. Shtrixiga koʻra glissandoga kiradi; undan chiquvchi tovush termenvoksni eslatadi.
Arra ilk bora XIX asrda AQShning Appalacha shahrida musiqa asbobi sifatida qoʻllangan deb ishoniladi. 1900-yillarga kelib esa bunday musiqiy arrani ishlab chiqarishga ixtisoslashgan oʻndan ortiq kompaniyalar ochilgan;[1] XX asrning birinchi yarmiga kelib esa, asboblarni ishlab chiqarish bir oz kamaygan, ammo keyinchalik yana ommalashgan. Hozirda musiqiy arra boshqa mamlakatlarda ham ishlab chiqarilgan — xususan, Angliya va Shvetsiyada.[2].
1975-yilda bastakor Jek Nitsshening "Kakku uyasi ustidan uchib oʻtayotib" filmida ulkan eʼtiborni tortish uchun musiqiy arraning ovoz effektidan foydalanilgan.[3]
Rossiyalik musiqachi, muallif-qoʻshiqchi Pavel Kashin bir necha albomlarni yozishda arradan foydalangan.[4].
Nyu-York muntazam ravishda Xalqaro musiqiy arra festivalining mezboni boʻladi (inglizcha: New York City Musical Saw Festival). 2009-yilda festival davomida Xalqaro Ginnesning rekordlar kitobiga rekord oʻrnatilgan: arra yordamida ansambldagi 53 nafar musiqachi Shubertning „Ave Maria“sini ijro etishgan.[5].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Mussehl & Westphal Home of the Musical Saw
- ↑ The Guardian, Hey, what’s that sound: Musical saw
- ↑ «Musical Saws and Accessories (Wayback Machine saytida 2010-05-31 sanasida arxivlangan) », Thomas Flinn & Co..
- ↑ Guinness World Record
- ↑ «Sandvik Stradivarius Musical Saw (Archive.is saytida 2013-01-29 sanasida arxivlangan) », MusicalInstruments.com.