Muskul qisqarishi - normal nerv impulsiga javoban muskulning kalta tortishi, muskullarning asosiy fiziologik xossalaridan biri. Qisqarish muskulning kaltalanishi yoki taranglanishida namoyon boʻladi. Muskul qisqarishi, odatda, biror ish bajarilishini taʼminlaydi. Muskul qisqarishida miofibrillar tarkibiga kiruvchi oqsillar: miozin va aktin ishtirok etadi. Muskul qisqarishi chogʻida har ikki oqsil oʻzaro taʼsir etib, aktomiozin kompleksini hosil qiladi. Muskul qisqarishi uchun zarur energiya, aktomiozin va adenozintrifosfat kislotattt oʻzaro taʼsirlashuvidan yuzaga keladi. Bundan tashqari, muhitda maʼlum miqdorda kalsiy ionlari Sa+2 boʻlgandagina Muskul qisqarishi roʻy berishi aniqlangan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil