Musobek (19-asr) — Buxoro amirligining Rossiyaga yuborgan elchisi, miroxur, 1867-yil may oyi boshlarida Orenburgga kelgan va Rossiya bilan boʻlgan muzokaralarda qatnashgan. M. Buxoro amirligi bilan Rossiya oʻrtasidagi chegarani 1866-yil sentabrda Sirdaryoning soʻl qirgʻogʻi boʻylab belgilashni taklif qilgan. Birok, Rossiya Oʻratepa va Jizzaxdan ayrilib qolishni istamay, faqat Yangiqoʻrgʻonni berishga koʻngan. Yangi bitimda tovon toʻlash xdqida talab boʻlmagan. M. 1867-yil dekabrda Toshkentga, K. P. Kaufman huzuriga kelib amirning ruslar talablariga rozi ekanligini bildirgan. M. 1868-yil martigacha Toshkentda boʻlgan, uni mahalliy aholi va rus armiyasida xizmat qiluvchi musulmonlarni ruslarga qarshi kurashga daʼvat etganlikda ayblashgan. Rossiya Kattaqoʻrgʻonni bosib olgach (1867), M. amir elchisi sifatida 10-iyunda ruslar bilan muzokara olib borish uchun Samarqandga kelgan. Amir taxtdan voz kechishini, Makkaga, hajga borishga ruxsat olish uchun imperator bilan uchrashmoqchi ekanligini bildirgan. Birok, Buxoro amirligini tugatishni Rossiya rejalashtirmagandi. Shuning uchun amirlik saqlab qolinib, ogʻir shartlar asosida bitim imzolangan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil