Mussa Jenepo (fransuzcha: Moussa Djenepo ; 1998-yil 15-iyunda tugʻilgan) — malilik futbolchi, Angliyaning „Sautgempton“ klubi va Mali terma jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Jamoadagi faoliyati tahrir

Genepo 2017-yilning 31-yanvarida Malining Yelen Olimpik klubidan keyinchalik xarid qilish sharti bilan ijara asosida Lyoj shahrining „Standard“ jamoasi safiga qoʻshildi[1]. 2017-yil 30-mayda „Satandart“ klubi shartnomadagi xarid qilish shartini faollashtirdi, shundan soʻng Mussa Belgiya klubining toʻlaqonli futbolchisiga aylandi[2] Jenepo 2017-yilning 27-avgustida „Standard“ bilan Belgiya chempionati doirasida „ Bryugge“ga qarshi oʻyinda professional debyut qilgan. Mussa oʻyinning 90-daqiqasida Pol-Xose Mpoku oʻrniga maydonga tushadi[3]. 2018-yilning 17-martida Jenepo Belgiya kubogi final oʻyinida qoʻshimcha vaqtda zaxiradan maydonga tushadi, ushbu oʻyinda „Standard“ „Genk“ni magʻlub etadi[4].

Mussa Jenepo 2019-yilning yozida Angliyaning „Sautgempton“ klubi bilan 4 yillik shartnomani imzolaydi[5].

Terma jamoadagi faoliyati tahrir

Mussa Mali U20 jamoasi tarkibida 20 yoshgacha futbolchilar oʻrtasida Afrika millatlari kubogida ishtirok etdi[6].

2017-yilning oktyabr oyida esa Mali milliy terma jamoasiga chaqirildi[2] va termadagi ilk debyutini 2017-yilning 6-oktyabrda jahon chempionati saralashi doirasida Kot-d’Ivuarga qarshi oʻyinda maydonga tushdi[7].

Manbalar tahrir

  1. „Moussa Djenepo signs at Standard de Liège“ (en). Standard.be (2017-yil 31-yanvar).
  2. 2,0 2,1 „Option levée pour Moussa DJENEPO“ (fr). Standard.be (2017-yil 30-may).
  3. „Club Brugge — Standard Liège“ (en) (deadlink). FIFA.com (2017-yil 27-avgust). 2017-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 4-iyul.
  4. „Racing Gerk 0-1 Standard“ (nl) (deadlink). Sporza.be (2018-yil 17-mart). 2018-yil 12-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 4-iyul.
  5. „Moussa Djenepo: Southampton to sign Mali winger from Standard Liege“ (en). BBC Sport (2019-yil 13-iyun).
  6. „Total U-20 Africa Cup of Nations, Zambia 2017“ (en). CAFOnline.com.
  7. „Mali 0-0 Côte d'Ivoire“ (en) (deadlink). FIFA.com (2017-yil 6-oktyabr). 2017-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 4-iyul.

Havolalar tahrir