Mustang (ispancha: mustango) — xonaki otlarning yovvoyilashgan avlodi. Yevropaliklarning istilosidan keyin ular Shimoliy Amerikaga keltirgan xonaki otlarning yovvoyilashuvidan kelib chiqqan. Egasiz qolgan, qoʻralardan chiqib ketgan otlar hosildor yaylovlar — preriyalarda yovvoyilashib, kattakatta uyurlarga aylangan. Mahalliy aholi Mustanglarni goʻshti, terisi uchun ovlagan, qoʻlga oʻrgatgan. XVIII—XIX-asrlarda ularning soni 4 mln.ga yetgan. Mustang XX asrga kelib bir necha oʻn ming nafargacha kamayib ketgan. Avstraliyada ham yovvoyilashgan yilqilar — brambi (Avstraliya mustangi) saqlanib qolgan. Amerika va Avstraliyada Mustanglar yashaydigan hududlar qoʻriqxonalarga aylantirilgan[1].

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil