Mustaqillik darslari - Oʻzbekistondagi taʼlim muassasalarida 1991-yildan joriy qilingan oʻquv mashgʻulotlari. Oʻquvchi va talabalarga Oʻzbekiston Respublikasi istikloli uchun kurash tarixi, uning mazmunmohiyati, bunyodkor gʻoyalari, hozirgi kuni, istiq-boli toʻgʻrisida aniq va mukammal bilimlar berishga bagʻishlangan. Oʻzbekistonning barcha umumiy oʻrta taʼlim maktablari, oliy hamda oʻrta maxsus va oʻrta kasb-hunar oʻquv yurtlarida yangi oʻquv yilning birinchi darsi har yili 2-sentabrda Mustaqillik darslari bilan boshlanadi. Mustaqillik darslari maxsus reja va dastur asosida olib boriladi. Mustaqillik darslarining oʻquv das-turlariga kiritilishi yoshlar ongida mafkuraviy boʻshliqqa oʻrin bermaslik, ularda gʻoyaviy, mafkuraviy im-munitetni shakllantirish, ularni jamiyat oldidagi oʻz vazifalarini fidoyilik bilan amalga oshirishga yoʻnaltirish imkoniyatini beradi. 2001-yildan boshlab Mustaqillik darslari butun oʻquv yili davomida "Milliy istiqlol gʻoyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar" fanining bir qismi sifatida oʻtkaziladigan boʻldi.

Mustaqillik darslarida "Vatan mustaqilligi uchun kurash tarixidan", "Vatan mustaqilligining qoʻlga kiritilishi", "Ogoh boʻlaylik", "Jamiyatni demokratlashtirish yoʻlidan", "Taraqqiyotning oʻzbek modeli", "Maʼnaviymadaniy yuksalish yoʻlidan", "Vatan xavfsizligining taʼminlanishi", "Xalqaro hamkorlik" kabi mavzular boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkaziladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil