Mustaqillik yodgorligi
Mustaqillik yodgorligi — Milliy fanlar akademiyasi qoʻlyozmalar instituti va Ozarbayjon davlat iqtisodiyot universiteti binolari oʻrtasida joylashgan. 1918-yil 28-mayda Tiflisda Ozarbayjon Milliy kengashi tomonidan eʼlon qilingan Ozarbayjon Demokratik Respublikasi sharafiga tashkil etilgan. Bu kun 1992-yil 28-maydan boshlab Respublika kuni sifatida nishonlanib kelinmoqda[1].
Yodgorlik ochilishi
tahrirYodgorlik Sharqda birinchi demokratik respublika boʻlgan Ozarbayjon Demokratik Respublikasi sharafiga oʻrnatilgan[2][3].
2006-yil 18-dekabrda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Ozarbayjon Respublikasi poytaxti Boku shahrida Mustaqillik muzeyini tashkil etish va Mustaqillik yodgorligini oʻrnatish toʻgʻrisida 1838-sonli Farmonini imzolaydi. Farmonga muvofiq Mustaqillik haykali yaratish uchun tanlov eʼlon qilinadi va mukofotlar taʼsis etiladi[4].
Yodgorlikning ochilishi 2007-yil 25-mayda Istiqloliyat koʻchasida boʻlib oʻtadi. Ochilish marosimida Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev[5] ishtirok etadi.
Granit va oq marmardan oʻyilgan yodgorlikda Milliy kengash aʼzolarining imzolari bilan Mustaqillik deklaratsiyasi matni eski arab va lotin alifbosida oʻyib yozilgan.
Manbalar
tahrir- ↑ „Public Holidays in Azerbaijan in 2019 | Office Holidays“. 2019-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 4-iyun.
- ↑ „Azerbaijan Democratic Republic: The first democratic, parliamentary and secular republic in the Islamic East“. 2021-yil 20-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 4-iyun.
- ↑ „Речь Ильхама Алиева на официальном приеме по случаю 28 Мая — Дня Республики“. 2018-yil 24-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 8-iyun.
- ↑ „Распоряжение Президента Азербайджанской Республики О создании музея Независимости и установлении памятника Независимости в столице Азербайджанской Республики городе Баку“. 2021-yil 20-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 4-iyun.
- ↑ „«Памятник Независимости» посвящённый Народной Республике“. 2021-yil 20-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 4-iyun.