Muta (arab. — vaqtincha foydalaniladigan narsa) — maʼlum mablagʻ evaziga qilinadigan muvaqqat nikoh. M. asosida shialik shariati qozi tasdiqlagan rasmiy shartnoma asosida erkaklarga vaqtincha xotin olishga ijozat beradi. M.ning muxlati 1 kundan 99 yilgacha belgilanishi mumkin. M. nikohli xotin va undan tugʻilgan bolalar qonuniy xotin va undan tugʻilgan bolalardan huquqiy jihatdan cheklanganroq boʻlgan. Qiz bolaga M. nikohidan oʻtish taqiklangan. M. nikox.i shialik tarqalgan xorijiy mamlakatlarda hozir ham amalda, lekin u koʻpincha yashirin qilinadi. Ahl assunna valjamoaning toʻrttala mazhabida ham M. harom deyilgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil