Mutallib Abbosov
Bu maqolada bir qancha muammolar mavjud. Iltimos, ularni tuzatib yordam qiling yoki shu muammolarni munozara sahifasida muhokama qiling.
|
Mutallib Abbosov (1924-yil Namangan – 1982-yil) – teatr rassomi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1967). Toshkent badiiy oʻquv ishlab chiqarish kombinatida tahsil olgan (1939-1941). 1941-yildan Namangan teatrida rassom, bosh rassom. Dastlab etnografik aniqlik yaratish yoʻlidan borgan Abbosov ijodida badiiy obrazlilik asosiy tamoyilga aylanadi, uning har bir spektakli oʻziga xos badiiy yechimi bilan ajralib turadi. „Nurxon“, „Otello“ (1954), „Gang daryo-sining qizi“ (1956), „Ravshan va Zulxumor“, „Qirol Lir“ (1959) va boshqa 60-70-yillarda „Sarvqomat dilbarim“, „Guli siyoh“, „Navoiy Astrobodda“, „Layli va Majnun“, „Halima“, „Mashrab“, „Yusuf va Zulayho“ kabi spektakillarga sahna bezaklari yaratdi. Abbosov rangtasvir, mahobatli haykaltaroshlik („Motamsaro ona“ haykali, Namanganda) sohasida ham ijod qilgan.
Manbalar
tahrirAdabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Havolalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |