Mutsinlar (lot. mucus — shilliq) — glikoproteidlarga mansub uglevodoqsilli birikma, shilimshiqning asosiy tarkibiy qismi, shilliq modda. Odam va hayvonlarning nafas, ovqat hazm qilish, siydiktanosil yoʻllari shilliq qavatlaridagi, shuningdek, jagʻ osti, til osti soʻlak bezlaridagi epitelial hujayralaridan ajraladi. Choʻziluvchan massa, proteolitik fermentlar taʼsiriga chidamli. M. ogʻiz boʻshligʻi va meʼdaichak yoʻli shilliq qavatini turli mexanik va kimyoviy taʼsirlardan sakdaydi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil