Muxallis (Serophularia integrifolia) — sigirquyruqdoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻt. Poyasi bir nechta. Har bir poya roʻvaksimon toʻpgul bilan tugaydi. Bargi oddiy, choʻziq yoki tuxumsimon, cheti qirqilgan. Guli ikki jinsli, qizgʻishyashil, kosachasi 5 boʻlakli. Iyun— avgustda gullab, meva beradi. Oʻrta Osiyoning togʻli rayonlarida 8 turi uchraydi. Oʻzbekistonning hamma togʻli rayonlarida chagʻirtoshli qoyalarda oʻsadi. Ayrim turlari gulshiraga boy. Manzarali turlari ham bor.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil