Muxametqali Nurbayev (1901-yil, Sirdaryo viloyati, Rossiya imperiyasi – 1967-yil) – Jambul viloyatidagi „Qizil yulduz“ kolxozi raisi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni. Keyinchalik bu mukofotdan mahrum etilgan[1]. Lavlagi yetishtirish boʻyicha Qozoqgʻiston SSRda eng yetakchi oʻrinni qayd etgan.

Muxametqali Nurbayev
qozoqcha: Мұхаметқали Нұрбаев
Tavalludi 1901-yil
Vafoti 1967-yil (66 yosh)
nomaʼlum
Fuqaroligi Rossiya bayrogʻi RossiyaSSSR bayrogʻi SSSR

Biografiyasi

tahrir

Muxametqali Nurbayev 1901-yil Rossiya imperiyasiga qarashli boʻlgan Sirdaryo viloyatida tugʻilgan. Oʻrta taʼlim maktabni tamomlagach, 1929-yilda kolxozda ishlashni boshlaydi. 1938-yil Janubiy Qozogʻistondagi „Ilyich“ kolxozida raislik qiladi. U 1945-yil Jambul viloyati yer xoʻjaligi boʻlimiga rahbarlik qiladi. 1946-yilda esa, „Qizil yulduz“ kolxozini boshqarib, lavlagi yetishtirdi. Har bir gektaridan 333 sentnerdan hosil olib, Qozogʻiston SSR boʻyicha eng yuqori koʻrsatgichni qayd etdi. Muxametqali Nurbayev 1947-yil Qozogʻiston Kommunistik partiyasiga aʼzo boʻldi.

1947-yil uning „Qizil yulduz“ kolxozi har bir gektardan 563 sentner lavlagi yetishtirdi. SSSR Oliy Kengashi Sovetining 1948-yil 28-martdagi qaroriga binoan, Muxametqali Nurbayev kolxozdagi namunali ishlari va yuqori koʻrsatgichga erishganligi uchun „Sotsialistik Mehnat Qahramoni“ ordeni bilan mukofotlangan. Biroq, ekin maydonlari hisobini taqdim etish, hosil rejalarini bajarish hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini davlatga taqdim etishda soxta hujjatlarni tayyorlagani uchun SSSR Oliy Kengashi Soveti 1954-yil 14-apreldagi farmoni bilan, 1948-yil 28-mart kuni qabul qilgan qarorini bekor qilinib, Muxametqali Nurbayev taqdim etilgan „Sotsialistik Mehnat Qahramoni“ ordenidan mahrum qilindi[2]. Shundan soʻng, Muxametqali Nurbayev 25 yil muddatga surgun qilinadi.

U 1967-yil vafot etgan biroq qayerda vafot etganligi haqida hech qayerda maʼlumotlar uchramaydi.

Mukofotlari

tahrir
  • „Oʻroq va bolgʻa“ medali, 1948-yil taqdirlangan, 1954-yil bekor qilingan.
  • „Lenin ordeni“, 1948-yil-yil taqdirlangan, 1954-yil bekor qilingan.
  • „Shon-sharaf belgisi“ ordeni, 1947-yil taqdirlangan.
  • „1941-1945 yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi jasoratli mehnati uchun“ ordeni, 1946-yil-yil taqdirlangan.
  • „Qozogʻiston SSR oziq–ovqat faxriysi“ ordeni, 1947-yil taqdirlangan.

Manbalar

tahrir