Muxitjan Yuldashevich Izimov (1953-yil 22-mart, Panfilov tumani, Olmaota viloyati, Qozogʻiston SSR, SSSR2018-yil 26 oktyabr, Olmaota viloyati, Qozogʻiston SSR, SSSR) – asli uygʻur boʻlgan sovet va qozoq aktyori, teatr rejissyori, teatr oʻqituvchisi hamda dotsent. „Kurmet“ ordeni sohibi (2004).

Muxitjan Yuldashevich Izimov
Tavalludi 22-mart 1953-yil
Panfilov tumani, Olmaota viloyati, Qozogʻiston SSR, SSSR
Vafoti 26-oktyabr 2018-yil(2018-10-26)
(65 yoshda)
Olmaota viloyati, Qozogʻiston SSR, SSSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSRQozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston
Kasbi aktyor, teatr rejissyori, teatr oʻqituvchisi, dotsent
Faoliyat yillari 1975—2018
Mukofotlari

Hayoti

tahrir

Muxitjan Yuldashevich Izimov 1953-yil 22-martda Olmaota viloyati, Panfilov tumani, Pidjim qishlogʻida tugʻilgan[1].

U 1975-yilda A.N.Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr institutining teatr fakultetini tamomlagan. 1988-yilda Olmaota davlat teatr va rassomlik institutining teatr fakultetini rejissyorlik mutaxassisligi boʻyicha bitirgan (Qozogʻiston xalq artisti, professor Maman Bayserkenov kursi).

Muxitjan Yuldashevich Izimov uygʻur, oʻzbek, qozoq va rus tillarida soʻzlasha olgan.

U „Uygʻur ovozi“, „Sanat“ gazetalarida chop etilgan bir qancha nashrlar muallifi hisoblanadi. Bundan tashqari, „Vijdon ovozi“, „Aka-uka“, „Sadak“ filmlari uchun ssenariylar yozgan hamda koʻplab teatr spektakllariga rejissyorlik qilgan.

Muxitjan Yuldashevich Izimov 1975–1976-yillarda Muqumiy nomidagi Toshkent davlat musiqali drama teatri aktyori boʻlgan.

U 1975-yildan 2018-yilgacha K.Kojamyarova nomidagi Uygʻur Davlat Respublika musiqali komediya teatri aktyori va direktori sifatida mehnat faoliyatini yuritgan.

Muxitjan Yuldashevich Izimov 1992-yildan 2018-yilgacha Temirbek Jurgenov nomidagi Qozogʻiston Milliy Badiiy Akademiyasida oʻqituvchi va dotsent boʻlgan.

Qozogʻiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 7-dekabrdagi farmoni bilan „Kurmet“ ordeni bilan taqdirlangan[2].

Muxitjan Yuldashevich Izimov 2018-yil 26-oktyabrda Qozogʻiston SSRning Olmota viloyatida vafot etgan.

Manbalar

tahrir