Muxtar Mamutovich Ibragimov (tugʻ. 19-sentyabr 1972-yil, Xoʻjayli tumani, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek davlat arbobi, matematika va fizika oʻqituvchisi. 2019-yil dekabr oyidan 5-son Xoʻjayli saylov okrugidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati. Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi aʼzosi[1].

Muxtar Ibragimov
 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 19-sentyabr 1972-yil (1972-09-19) (51 yosh)
Xoʻjayli tumani, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Maʼlumoti Toshkent davlat pedagogika universiteti

Hayoti tahrir

Muxtar Ibragimov 1972-yilda Xoʻjayli tumani Qoraqalpogʻiston Respublikasida tugʻilgan. Millati oʻzbek. 1994-yilda Toshkent davlat pedagogika universitetini tamomlagan. Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.

Mehnat faoliyatini 1998-yilda Qoraqalpoq davlat universitetining „Matematik tahlil“ kafedrasi assistenti lavozimida boshlagan. 2001-yilda shu universitetning „Aspirantura“ kafedrasi mudiri, 2001—2003-yillarda „Matematik tahlil“ kafedrasi assistenti, dotsent, 2003—2004-yillarda „Monitoring va ichki nazorat“ kafedrasi mudiri, 2004—2007-yillarda Universitet kafedra mudiri, „Matematik analiz“ kafedrasi dekani.

2007-yildan hozirgacha Qoraqalpoq davlat universitetining oʻquv ishlari boʻyicha prorektori.

2016-yildan Oʻzbekiston matematiklar jamiyati Qoraqalpogʻiston boʻlimi rahbari[2].

Manbalar tahrir

  1. „Депутаты“. parliament.gov.uz. 21-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-noyabr 2021-yil.
  2. „Кандидаты“ (ruscha). saylov.uz. 21-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-may 2021-yil.