Muxtorov Abdurahim
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Muxtorov Abdurahim (1931.1.1, Samarqand) — kulol, mayda shakllar ustasi. Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi (1998). Us t a U. Joʻraqulovdan hunar oʻrgangan. 1962-yil dan mustaqil ishlaydi. M. Samarqand kulolligi (mayda haykaltaroshlik)da mavzuli kompozitsiyalar yoʻnalishiga asos soldi. Ijodida xalq anʼanalarini rivojlantirgan. M. ning asarlarida xalq ogʻzaki ijodiga xos joʻshqinlik, begʻubor hazil ruhi oʻz aksini topgan. Terrakota usulida kundalik maishiy hayot, xalq ogʻzaki ijodi manzaralari aks etgan milliy oʻyinchoqlar (odamlar, hayvonlar va boshqalar) yaratadi: "Choyxonachi", "Beshik", "Bozorda", "Farhod va Shirin", "Uloq", "Xoʻja Nasriddin", "Tuya va boʻtaloq", "Mash-shoq va qiz", "Ota" va boshqa
1982-yildan Samarqand shahri oʻquvchilar uyida kulollik toʻgaragini boshqaradi. Koʻplab shogirdlar tayyorladi. M. asarlari bilan respublika va chet mamlakatlar koʻrgazmalari (Yaponiya, Germaniya, Shveysariya, Moskva va boshqalar)da ishtirok etadi; asarlaridan namunalar respublika va chet mamlakatlar muzeylarida saqlanadi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |