Muz oqishi — muzning daryo va koʻllarda suv oqimi yoki shamol taʼsiridagi harakati. Bahorgi Muz oqishida muz qoplamining erib parchalanishi natijasida hosil boʻlgan, kuzgi Muz oqishida mayda muz parchalari (shuga)ning oʻzaro birikishidan vujudga kelgan katta muz boʻlaklari harakatlanadi. Koʻpchilik daryolarda kuzgi Muz oqishidan oldin shuga oqishi boʻlib oʻtadi. Muz oqishi paytida daryolarda muz tiqilishi kuzatiladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil